So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" 0:0 (LIVE)  6 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  2 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  0 19:29ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" - "Олимпик" 0:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  2 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  1 18:06Суперлига. "Навбаҳор" - "Машъал" 4:0 (матнли трансляция)  31 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  13 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  15 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  12

Yurgen Klopp: “Hayotimdagi eng og'ir yil bo'ldi” Yangiliklar

Yurgen Klopp: “Hayotimdagi eng og'ir yil bo'ldi”

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp joriy mavsum haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“2021 yil hayotimdagi eng og'ir yil bo'ldi va ushbu mavsum uning malum bir qismini tashki etadi. Pandemiya bilan hisoblashishga to'g'ri keladi deb o'ylamagandim. Ochig'ini aytishim kerak, bu rostan og'ir kechdi.

Markaziy himoyachilarimiz safdan chiqsada, biz g'alaba qozonishda davom etishimiz mumkin edi. Ammo u qadar ishonchli g'alabaga erisha ololmasdik. Natijada yarim himoyachilarni himoyaga o'tkazdik va bu o'yinimizni buzib qo'ydi. Yosh himoyachilar markaziy himoyada o'ynashga tayyor emasdilar. Yarim himoyachilarimiz majburan himoya chizig'iga o'tkazildi va bu o'yin ritmini yo'qotishimizga olib keldi.

Futbol jamoasini orkestrga qiyoslasak, qaysidir musiqachisiz kuyni davom ettirish mumkin, ammo ketma-ket musiqachilardan ayrilib qolsangiz vaziyat anchagina og'irlashadi. Ayniqsa biz yuksak saviyadagi intensivlik hukm suradigan liga haqida gapirayotgan bo'lsak...

Bir necha hafta ilgari biz hatto Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun yo'llanma bera oladigan o'rinlarni egallashimiz ham nomalum edi. Ammo biz kamida bu turnirda o'ynash uchun beriladigan huquqni qo'lga kiritdik. Hech bo'lmasa, eng kamida shu turnir ishtirokchisiga aylanamiz. “Manchester Yunayted” futbolchilaridan so'rab ko'ringchi, ularga bu turnirda to'p tepish yoqarmikan? Albatta ha, degan javob olasiz. CHunki ular bu musobaqada bosh sovrinni qo'lga kiritshga yaqin turishibdi.

Har doim maqsad sari g'alaba sari harakat qilish lozim. Qiyin vaziyatdan ham o'zing uchun kerakli natijaga erisha olish uchun tinimsiz mehnat talab etiladi. Agar yakshanba kungi bahsda g'alabaga erishsa ECHL yo'llanmasiga ega chiqamiz va biz hozirgi vaziyatda maksimum natijani qayd etgan bo'lamiz”, dedi Klopp.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика