Yurgen Klopp: "CHempionlar ligasida katta maqsadlarni ko'zlayapmiz"
26 noy 2019 20:10
Yangiliklar
Yurgen Klopp: "CHempionlar ligasida katta maqsadlarni ko'zlayapmiz"
"CHempionlar ligasida katta maqsadlarni ko'zlayapmiz. Yana imkon boricha uzoqroqqa borishni istayapmiz va bu biz barcha o'yinlarni yutishimiz kerakligini anglatadi. SHu narsa bizni xavotirga solmoqda. "Napoli" — tajribali, kuchli jamoa. Ularda super o'yinchilar bor, ularda tezlik bor va bu biz uchun juda qiyin o'yin bo'lishini bildiradi.
"Liverpul"ning 3:0 hisobidagi g'alabasiga "stavka" tikkan bo'larmidim? Men germaniyalikman: biz qimor o'ynamaymiz. Pulimizni begona odamlarga besabab bermaymiz. Qimor o'ynash haqida fikr bildira olmayman. Buni tushunmayman. Bunday natijani istagan bo'lardim, lekin bu hisobni bir zumda ko'rmayman. SHunga qaramay, oldimizda bizni xursand qiladigan natijani olish uchun 95 daqiqa bor" — deydi Klopp.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar