Yurgen Klopp: "Agar "Liverpul" ECHLga chiqa olmasa, moliyaviy jihatdan katta yo'qotish bo'ladi. Bu biznes"
17 mar 2021 19:45
Yangiliklar
Yurgen Klopp: "Agar "Liverpul" ECHLga chiqa olmasa, moliyaviy jihatdan katta yo'qotish bo'ladi. Bu biznes"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub kelasi mavsum Evropa CHempionlar Ligasiga chiqa olmasa, qanday muammolarga duch kelishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.
"Bu moliyaviy jihatdan katta zarar bo'ladi. Agar biz ECHLga chiqa olsak, zarba u qadar kuchli bo'lmaydi. Dunyoning istalgan klubida bosh murabbiy bo'lsam, hozirgi holat takrorlansa, shu kabi savollar berilishi aniq.
Bu normal holat. Tan olish lozim, bu biznes. Ammo "Liverpul"da barchasi o'zgacha.
Rahbariyat, sport direktori, hattoki futbolchilarimiz ham... Hech kim shubhalanmayapti. Biz vaziyatni boricha qabul qildik va undan chiqish uchun astoydil harakat qilmoqchimiz, – dedi Klopp Sport Bild nashri uchun intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar