Yuqoriga qarab bo'y cho'zayotgan musobaqa
09 fev 2015 15:50
Yangiliklar

Yuqoriga qarab bo'y cho'zayotgan musobaqa
Va nihoyat orziqib kutilgan PFL kubogi bahslariga start berildi. Bu safar ushbu musobaqada 16ta jamoa ishtirok etmoqda.
Avvalgi yillardan farqli o'laroq PFL kubogida xorij klublari yo'q, Faqat o'zimiznikilar qatnashyapti. Jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'linishgan. O'yinlar O'FF, CHig'atoy, "CHilonzor" va "Bunyodkor" suniy maydonlarida bo'lib o'tyapti.
Ushbu musobaqada oliy liganing 10ta ("Mashal", "Paxtakor", "Qo'qon-1912", "Andijon", "Olmaliq", "So'g'diyona", "Navbahor", "SHo'rtan", "Lokomotiv", "Bunyodkor"), birinchi liganing esa 6ta ("O'z-Dong-Ju", "Bunyodkor-2", "Lokomotiv-BFK", "NBU-Osiyo", "Paxtakor-2", "Obod") jamoasi ishtirok etmoqda. "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv"ning asosiy tarkibi xorijda yig'in o'tkazayotgani sabab, o'rinbosarlar jamoasi o'ynayapti.
Endi o'yinlarning naqadar shiddatli kechayotganini men gapirmay, siz eshitmang. Kubokka bo'lgan qiziqish yuqori, kubokning amaldagi sohibi "Mashal" yana bir bor bunda g'olib chiqishni maqsad qilgan. SHuningdek, o'tgan yilgi finalchi "Obod" ham sira bo'sh kelmayapti. Mana, kuni kecha "Obod" bosh murabbiyi Xayrulla Abdiev intervyu berib, maqsad PFL Kubogida g'olib chiqish ekanligini aytib o'tdi. Albatta, maqsadli jamoalarning ko'paygani yaxshi. Lekin maqsad qo'ymaydigan jamoalarni ham tanqid qilish kerak emas. CHunki ular o'yinni shakllantirish, yangilarni ko'zdan kechirish va mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rish ustida ish olib borishyapti. Endi buyam bir maqsad-da.
Aytgancha, PFL kubogini yutgan jamoaga yangi kubok berilar ekan. Negaki o'tgan yil "Mashal" g'olib bo'lganida futbolchilar bayramni katta qilib, natijada kubokning bitta qulog'ini sindirib qo'yishgandi. PFL kubogi jahon chempionati kubogiga o'xshab ko'chma kubok emas, bir marta beriladigan. Yutgan jamoa umrbod o'zida olib qolishi mumkin. Qolaversa, bitta qulog'i singan kubokni qaytarib olib, yana boshqa birovga berish juda noqulay bo'ladi. Odamlar gap qilishi mumkin.
Aslini olganda, PFL Kubogi - jiddiy musobaqa. Bo'lib ham pullik musobaqa. Bu erda qatnashuvchi borki, badal puli to'laydi. Oliy liga klublari 2 million so'mdan, birinchi liga jamoalari 1 million so'mdan PFL hisobiga o'tkazib berishdi. SHunda jami 26 million so'm pul yig'ildi. Agar bironta xorij jamoasi bo'lganida edi, 3 millionning bahridan voz kechgan bo'lardi. Xo'sh, bu pullar nimaga ishlatiladi deysizmi? Albatta, o'zbek futboli rivojiga-da. Eng muhimi, bu pulga yangi kubok sotib olinadi. Lekin u kuni bitta nazoratchi hakamlarga pul to'lanmayotganidan nolidi. Ilgari har bir o'rtoqlik o'yinida hakamlarga 100-150 ming so'm pul to'lanardi. Ammo PFL Kubogida ishlayotgan hakamlarga pul berilayotgani yo'q. Bir tomondan buyam to'g'ri, chunki oliy va birinchi liga jamoalari singari hakamlar ham mavsumga hozirlik ko'rishmoqda.
Yaqinda qo'limga PFL kubogining dasturi tushib qoldi. Bu musobaqani o'tkazishdan maqsad, O'zbekistonda futbolni targ'ib qilish deb yozilgan. Bundan tashqari, g'olibni aniqlash ham bosh vazifalardan biri ekan. Demak, to oxirigacha o'yinlarni kuzatishda davom etamiz. Faqat PFL rahbarlariga bitta kichkina iltimosimiz bor. O'FFda bo'lib o'tayotgan o'yinlar paytida tasvirchilarga yaxshi sharoit qilib berilsa yomon bo'lmasdi, sababi "Mashal"ning qaysi bir o'yinida jamoa tasvirchisi o'ziga qulay joy topa olmasdan, oxiri darvozaning orqasidagi balandlikka chiqvolib o'yinni tasvirga tushirdi. Eshitimizcha, murabbiylar uchrashuv diskini ko'rib, maydonda nimalar bo'lganini unchalik tushunishmagan ekan.
X.Xoliqov.

Fikrlar