So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

Yunusovning goli "Dinamo"ga "Surxon" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Yunusovning goli "Dinamo"ga "Surxon" ustidan g'alaba keltirdi

Teglar :  Ilhom YunusovDinamo
Pro-Liga bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida “Surxon” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Joriy mavsumda Pro-Ligadan Superligaga chiqishni maqsad qilgan ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs o'rtoqlik maqomida bo'lsada, ancha shiddatli o'tdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan “Dinamo” maydon markazidagi Azimov-Bozorov- Yunusov-Safarov “kvarteti” evaziga to'pga ko'proq egalik qildi. Tezkor hujumlardan birida termizliklar “Dinamo” safida ko'rikdan o'tayotgan Mirzo Joniqulovni qo'pollik evaziga to'xtatib qolishdi. 31-daqiqada belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini tajribali yarimhimoyachi Ilhom Yunusov “Surxon” darvozasiga joyladi, 1:0.

Goldan keyin o'yin davomida samarqandliklarda bo'lgani kabi, surxondaryoliklardan Bahriddin Vahobov, Sardor Eminovlar ham golli vaziyatlar yaratishdi.

Darvoqe, “Dinamo” sobiq hujumchisi Farhod Tojiev ham ayni damda “Surxon” safida bo'lsada, shu kuni “Surxon” bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev tajribali Islom Inomov va Farhod Tojievni maydonga tushirmadi, ular alohida shug'ullanishdi.

Har bir bo'limi bir soatdan davom etgan 2 soatlik o'yin yakunida “Dinamo” Ilhom Yunusovning yagona goli evaziga “Surxon” ustidan g'alabaga erishdi.

«Dinamo» safida shu kuni Farrux SHotursunov ham maydonga tushdi.

Qayd etish joiz, “Dinamo” Pro-Liga 2-turi va O'zbekiston Kubogi 1/16 bosqichi doirasida ham aynan “Surxon” jamoasiga qarshi saf tortadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Toshkent.
28 fevral (chorshanba)
«DINAMO» - «SURXON» - 1:0
Gol
: Ilhom Yunusov, 31 (pen.).
«Dinamo»: SHohruh Eshbo'taev, Mirkomil Lokaev, Viktor Grigorev, Hakimxon Alamxonov, Aziz Suyunov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Mirzo Joniqulov, Maradona Safarov, Amirjon Safarov.
«Dinamo» (2-bo'lim): Rustam Toshturdiev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Javohir Abduxoliqov (Munir Yusupov), Abdullo Abdulloev (Temur Fayzullaev), Komil SHarofutdinov, Damir Temirov (Farzin Muxtorov), Jasur Qurbonov, Elbek Otaqulov, Jasur Ashurov (Orzu Ahmedov), Farrux SHotursunov (Asomiddin Mamatov).

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика