Yumtitiga bir nechta klub qiziqish bildirmoqda, ammo...

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019
"Barselona" himoyachisi Samuel Yumtitiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

"Ayaks" futbolchisi Mateys de Ligt yozda Kataloniya klubiga o'tishi tufayli Yumtitining klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Fransiyalik himoyachini Angliya va Italiya klublari sotib olishni reja qilishmoqda. Biroq futbolchining o'zi klubni tark etmoqchi emas va "Barselona" rahbariyatidan hech qanday taklifni qabul qilmaslikni so'radi. Yumtiti va ko'k-anorranglilar o'rtasidagi bitim 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Samuel Yumtiti joriy mavsum LaLiganing 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien