Yumtiti jarohati bois Albaniyaga qarshi maydonga tushmadi
08 sen 2019 08:21
Yangiliklar
Yumtiti jarohati bois Albaniyaga qarshi maydonga tushmadi
“Barselona” va Franciya terma jamoasi himoyachisi Samuel Yumtiti Evro-2020 saralash bosqichi doirasida terma jamoasi safida Albaniyaga qarshi bahsda maydonga tusha olmadi.
L’Equipe nashrining xabariga ko'ra, himoyachi mashg'ulotlar vaqtida o'ng oyog'idan jarohat olgan. 10 sentyabr kuni Franciya termasi Andorraga qarshi kuch sinashadi. Bu o'yinda ham himoyachining maydonga tushishi so'roq ostida.
Yumtiti terma jamoada Emerik Laportaning o'rnini bosishi lozim edi. “Manchester Siti” himoyachisi APL 4-turida “Brayton”ga (4:0) qarshi bellashuvda jarohat olgandi uchranglilar terma jamoasi murabbiylari Laportaning o'rnida Yumititini maydonga tushirishni rejalashtirishgandi. Afsuski, “Barselona” himoyachisi ham mashug'lotlarda jarohat oldi va u ham endi malum muddat maydonga tusha olmaydi.
Fikrlar