

L’Equipe nashrining xabariga ko'ra, himoyachi mashg'ulotlar vaqtida o'ng oyog'idan jarohat olgan. 10 sentyabr kuni Fransiya termasi Andorraga qarshi kuch sinashadi. Bu o'yinda ham himoyachining maydonga tushishi so'roq ostida.
Yumtiti terma jamoada Emerik Laportaning o'rnini bosishi lozim edi. “Manchester Siti” himoyachisi APL 4-turida “Brayton”ga (4:0) qarshi bellashuvda jarohat olgandi uchranglilar terma jamoasi murabbiylari Laportaning o'rnida Yumititini maydonga tushirishni rejalashtirishgandi. Afsuski, “Barselona” himoyachisi ham mashug'lotlarda jarohat oldi va u ham endi ma'lum muddat maydonga tusha olmaydi.



