Jarohatlangan futbolchining o'rniga chaqirilgan futbolchi ham jarohatlandi

Mirjalol Normatov
8 sen 2019, 18:40
"Barselona" futbolchisi Samyuel Yumtiti kecha Fransiya termasi tarkibidagi mashg'ulotlarda jarohatlandi.

Uning oyog'ida kichik muammolar bor. Shu boisdan u Albaniyaga qarshi bahsda maydonga tushmagandi. Bugun esa u terma qarorgohini tark etdi. Endi u Evro saralashi doirasida Andorraga qarshi bahsda ham ishtirok etmaydi.

Eslatib o'tamiz, u jarohatlangan Emerik Lyaportning o'rniga terma yig'inlariga chaqirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express