Yumtiti Islandiyaga qarshi bahsda 100% aniq pas berdi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 16:20
Fransiya terma jamoasi himoyachisi Samuel Yumtiti Islandiyaga qarshi Evro-2020 saralash o'yinida (4:0) gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Barselona"ning 25 yoshli futbolchisi ushbu o'yinda bergan paslarining (107ta) hammasi o'z manziliga yetib bordi (100%). Shunday qilib, Yumtiti Fransiya terma jamoasining so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Himoyachi 2016 yilning iyulida ilk marta Fransiya terma jamoasi safida maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports