So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  6 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Yulduzlik va fitness Yangiliklar

Yulduzlik va fitness

Bundan ikki oycha muqaddam, Evro-2016 musobaqasining Angliya va Uels terma jamoalari uchrashuvi oldidan inglizlar hujumchisi Jeymi Vardi AP nashri fotomuxbiri Kirsti Uigglsvortning nazariga tushib qoldi.

Etiborli jihati shundaki, bu vaqtda Jeymining jamoadoshlari trenajyor zalida mashq qilishayotgandi. Vardi esa fitnes zalida shug'ullanish o'rniga, SHantildagi mehmonxonadan o'ng qo'lida quvvatlantiruvchi ichimlik va chap qo'lida chaynaladigan tamaki qutisini tutgan holda chiqib keldi.

Bu surat OAVlarda keng tarqalganidan so'ng Vardi The Independent nashriga intervyu berib, chindan ham, fitnes zaliga umuman bormasligini, chunki jismoniy mashqlar uni og'irlashtirib, tezligiga salbiy tasir ko'rsatishini takidladi. Uning so'zlariga ko'ra, hozir yoshlar orasida keng urfga aylangan quvvatlantiruvchi ichimlik har tong Jeymini tetiklashtirib, o'yinlar oldidan chaynaladigan tamaki esa uning ruhiyatini yaxshilarmish. Eng qizig'i, Vardining chaynaladigan tamaki istemol qilishiga Lester shifokorlari ruxsat berishgan.

Oxirgi marta qanday og'ir yuk ko'targanimni bilmoqchimisiz? Xo'sh, o'ylashimcha, bu - quvvatlantiruvchi ichimlik bankasi edi, - dedi Vardi Bollar-Delelis stadioni mikst-zonasida. - Men engillikni his qilish uchun hech qachon shtanga ko'tarmayman. Bu - mening uslubim va u hozircha samara keltirmoqda. Ammo har bir inson - alohida shaxs va kimgadir energetik ichimlik va tamaki yordam bermasa, buni to'g'ri tushunaman.

Trenajyor zalini yomon ko'radigan futbolchilardan yana biri - Ueyn Runi. Zero, 10 yil mobaynida Manchester Yunaytedda fitness-murabbiy bo'lib ishlagan Mik Klegg The Sun muxbiri bilan suhbatda aytgandiki, u Runini mashg'ulotlarga undaganida, futbolchi shunday degan ekan: Men bu erga futbol o'ynash uchun kelganman, tamom-vassalom. Boshqa tomondan, Ueyn o'zi shundoq ham baquvvat yigit va tosh ko'tarish tufayli yanada dahshatliroq ko'rinishdan qo'r­qayotgan bo'lsa, ajabmas.

Klegg, shuningdek, Runining tamomila aksi sifatida Krishtianu Ronalduni tilga olib, portugaliyalik futbolchi uning barcha ko'rsatmalarini so'zsiz bajaribgina qolmay, zalda o'zi mustaqil ravishda qo'shimcha mashqlar bajarganini ham uqtiradi. Xullas, 2012 yilning kuzida Runi My Decade in the Premier League nomli kitobida quyidagi jumlalarni chop ettirgandi: Deyarli barcha futbolchilar tatil vaqtida ikki-uch funtdan vazn orttirishadi. Ammo men mashg'ulotlarni boshlaganimda, ikki-uch emas, naq etti funt (3,18 kilogramm) semirganimni sezdim. Keyin eslasam, tatilda ichkilikka ruju qo'ygan ekanman. Oqibat qanday bo'ldi, bilasizmi? 2012|2013 yillar mavsumida Ueyn 16ta gol urdi, Ronaldu esa 55ta.

Ana endi Krishtianuning fitnesga etiborini ko'rib chiqamiz. U haftada besh kun uch-to'rt soatdan astoydil shug'ullanadi. SHu bilan birga, Ronaldu ovqatlanish masalasiga ham jiddiy qarab, oqsil miqdorini muntazam nazorat qiladi. Ronaldu uchun maxsus mashg'ulotlar ro'yxatini esa taniqli fitnes-yo'riqchi Bred Kembell ishlab chiqqan. Qisqasi, Krishtianu bajaradigan mashqlar sirasiga yuk bilan tortinish, tik holatda shtanga bilan ishlash, gantelni tutgan holda oldinga va yon tomonlarga engashish kiradi. Takidlab o'tish joiz, Ronaldu mashq­larni besh martadan takrorlaydi va har bir mashg'uloti yakunida 45 soniyadan dam oladi. SHundan so'ng u yugurish yo'lagiga chiqib, tezligi borasida qayg'uradi.

U oyoq mushaklarini chiniqtirish uchun elkasida shtanga bilan o'tirib-turib mashq bajaradi. SHuningdek, balandroq quti ustiga sakrab chiqib-tushadi. CHidamni oshirish uchun esa portugaliyalik hujumchi brusdagi mashqlardan va gantellardan foydalanadi. Yozgi tatilda esa tabiiyki, u suzish havzalariga boradi. CHunki suvda suzish - kishining yurak-qon tomir tizimiga ijobiy tasir o'tkazishi barchaga malum. Aytgancha, Ronalduni tez-tez katta yoki stol tennisi o'ynayotganini ham ko'ramiz. Mazkur sport turi esa harakatlarning tezligida, oyoqning chigilini yozishda qo'l keladi. Albatta, bunday mashg'ulotlar Ronalduni holdan toydiradi. Bunday vaqtlarda u massaj, sauna va quyosh nuridagi dush orqali tiklanib oladi.

Yuqorida aytganimizdek, Ronaldu ovqatlanish jarayoniga juda jiddiy etibor qaratadi. U o'z menyusida xususan, ko'proq baliq mahsulotlarini ko'paytirgan. Aniqroq aytsak, Krishtianu nonushtada don mahsulotlaridan tayyorlangan bo'tqa va yog'siz qatiq istemol qiladi. Tushlikda baliq va go'shtdan tayyorlangan ikki xil salat, kechki ovqatda esa baliq bilan pishirilgan sabzavotlar tanov­vul qiladi. Eng muhimi, u kechki ovqatni albatta, yotishdan uch soat oldin eydi. Men erta yotib, erta turishga odatlanganman. CHunki yaxshi uyqu mushaklarning tiklanishi uchun katta naf beradi, - deydi Krishtianu.

Ronalduning eng munosib raqobatchisi bo'lgan Lionel Messi ham sira individual mashg'ulotlarni kanda qilmaydi. U yaqinda Men~s Health jurnaliga intervyu berar ekan, o'zi yoqtirgan to'rtta mashq haqida to'xtaldi. Bular: 1) W-ko'rinishidagi chizma bo'yicha yugurish (burilishlar orasi - 5 metr). Mazkur mashqni Messi 20 soniyalik tanaffus bilan kuniga sakkiz marta takrorlaydi. Bu orqali manyovr tezlashadi. 2) Tizzalarni baland ko'targan holda yugurish (buning uchun uncha baland bo'lmagan to'siqlar qo'yiladi). Bu harakatni tezlashtiradi. 3) Orqa bilan erga yotib, tezda turish hamda kamida besh metr masofani imkon qadar tezroq bosib o'tish. Mazkur mashg'ulot muvozanatni yaxshilaydi. 4) Bir oyoqda tik turib, ikkinchi oyoqda alifbodagi harflarni havoda chizish. Bu mashq harakatning yo'nalishini yaxshilashda qo'l keladi.

Xullas, zamonaviy futbol yulduzlarining fitnesga etiborlari mana shunday. Siz ham bu mashqlarni o'zingizda sinab ko'ring. Ehtimol, bu siz uchun foydalidir? Jeymi Vardining tajribalari bu hisobga kirmaydi, albatta...

I. RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика