So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

"Yulduzlar fabrikasi" Yangiliklar

"Yulduzlar fabrikasi"

Rossiya terma jamoasi Evro-2016 da rasvo ishtirok etganidan keyin rus futboli ommasi oyoqqa turdi.

Bunday paytlarda mamlakatning yarmi kamida Leonid Sluckiyga aylansa, qolgan yarmi faylasuflik to'nini kiyib oladi.

Rossiya terma jamoasini tarqatib yuborish kerak, deganlar bo'ldi. Qaysidir manoda ularning xitobi inobatga olindi. Futbol o'ynash ruslar uchun emas, deganlar bo'ldi. Qaysidir manoda balki qo'shilsa ham bo'lar, biroq bu muammoni echish emas, undan qochishga o'xshab ketadigan vaziyatni keltirib chiqaradi. Eng so'nggida esa sportni shou-biznesga aralashtirib yuborishdi. “Yulduzlar fabrikasi” shousini tashkil qilib, futbolchilarni shu yo'l orqali terma jamoaga saralash kerak, deyildi.

SHu joyiga bemalol kulib qo'yishingiz mumkin. Istasangiz, yotib olib qah-qaha oting. Bunchalik emas-da, odamlar,har narsaning ham chegarasi bor, degim keldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Erondan mag'lub bo'lganidan keyin yozilgan fikrlarga ko'zim tushdi, o'zimga bir necha xatlar keldi: haqiqiy iqtidorlarni qishloq joylardan izlash kerak, degan. Juda chiroyli gap, buni yozayotganlar ich-ichidan yonib turganini, futbol haqida uni boshqarib turgan ayrim kishilardan-da ko'proq qayg'urishlarini tushunish qiyin emas. Biroq tan oling, bunday gaplar ancha eskirdi. Bir vaqtlar chekka qishloqda yurgan odam “O'tov” filmidagi kabi taraqqiyotdan ajralib qolgandek bo'lsa, bugun Slomon orollarida yashaydigan qandaydir odamlar ham futzalning Jahon CHempionatida yuribdi.

Iqtidor chiqib qolsa, Qo'ng'irotdan bo'lsa ham topib borishadi, aniq bunisi. Futbolni faqatgina boylarning bolasi o'ynaydi, deb hisoblovchilar kichik mundiallariga borib kelayotgan futbolchilarni kutib olish uchun aeroportga chiqayotgan ularning ota-onalarini kuzatib ko'rishsin. Sodda o'zbek, boshidan do'ppisi tushmagan, onasi ro'molda, kiyimlari odmiroq bo'lgan insonlar. Ishoning, ular farzandi termada o'ynashi uchun 1000 dollar u yoqda tursin, 100 dollar ham topib bera olmasligi mumkin. Bu bilan futbolda hamma narsa sof va toza deyish fikridan yiroqman, qo'shilaman ayrim muxlislar fikriga ham. Biroq u siz o'ylagan darajada sasib ketmagan, ko'ngilni biroz kengroq qiling.

Qishloq joydan chiqayotgan iqtidorning iqtidori shahar markaziga kelayotganida kamayib, poytaxtga kelgunicha yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Mahallasidagi o'zidan katta yigitlarni aldab yurishi, uning Messi bo'lishini hali bildirmaydi. CHunki undan aldanayotgan yigitlar futbol “f” harfini ham tushunmasligi mumkin. Zo'rlar ichida zo'r bo'lish esa umuman boshqa masala. Bu “Yulduzlar fabrikasi” yasab, qo'shiq ayttirish emas. Oyog'ining, ko'kragining yoki ketining chiroyi bilan tanilib ketish, kimningdir o'g'li bo'lgani uchun qo'shiq aytish sportda yo'q. Maydonni aldab bo'lmaydi, u hammasini ko'rsatib qo'yadi.

Oddiy misol, to'p bilan ishlashni sanat darajasiga ko'targan texnikasi kuchli yigitlarni ko'rgansiz. To'pni istagan nuqtasiga uzatishi yoki uni erga tushirmasdan 30 qavatli binoga bemalol chiqishi mumkin. Biroq uning o'zi ham kuchli futbolchi bo'la olmasligini yaxshi biladi. Bu xuddi cirkda jangler qilishni yaxshi o'zlashtirishdek gap. Haqiqiy sport esa juda katta kuchni talab qiladi.

Men o'zimni futbolni yaxshi o'ynay oladigan bola sifatida bilsam-da, ayni holatda o'sha eng zaif Stanislav Andreevchalik ham emasligimni tushunaman. Aniqroq tepishim, yaxshiroq uzatishim yoki fikrlashim mumkin. Biroq bir necha yillardan buyon futbol ichida yurgan odamning kuchiga yaqinlasha ham olmayman. Buni tushunish uchun katta maydonga chiqib, u darvozadan bu darvozaga 5 daqiqa yugurib ko'rishning o'zi kifoya.

To'g'ri, bizda kuchli mutaxassislar deyarli yo'q hisobi. Buni Eronga qarshi o'yin ham ko'rsatib berdi. Butun uchrashuv davomida darvozaga bitta aniq zarba bera olmaganimiz sharmandalik haqiqiy. Jeparov yoki boshqa bir futbolchidan achchiqlanishga haqlisiz. Ammo tushuning, mana shu yigitlar o'zbek futbolining bugungi kundagi eng kuchli nomlari hisoblanadi. Ulardan kuchlirog'i bo'lganida allaqachon yorib chiqqan bo'lardi.

Babayan yoki boshqasi borimiz shu desa, ishonish yo'q. SHunday fikrlaydiganlarning aslida bori shu, qolganiga kuchi ham, tafakkuri ham etmaydi. To'g'ri, bu milliy terma jamoa emas, bu Babayanning jamoasi. Uning kabi ishlashni hamma biladi. O'yinlarida hech qanday mazmun yoki falsafa ko'rmadim.

Aytmoqchi bo'lganim, hozir gap qishloq joyga borib, to'p tepib yurga odamning yoqasidan ushlab olib kelishda qolmagan. O'yini borlar katta futbolga yaqinlashib kelaveradi, har qanaqasiga. O'zim guvohi bo'lgan o'g'lini Messi deb tanishtirgan, bir yildan keyin esa uning qo'lidan hech narsa kelmasligini tan olgan ota-onalarni. Men iqtidorlar ko'p ekaniga ishonaman, biroq uni parvarish qiladigan va borini ko'rsata oladigan inson ko'p ekaniga ishontira olmaysiz. Biz futboldan oldin fikrlashimizni o'zgartiraylik, qolgani bir gap bo'ladi…

Diyor IMOMXO'JAEV

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика