Yuichi Nishimura Kongodagi tartibsizliklarga sabab bo'lgan
13 iyu 2014 11:34
Yangiliklar
Yuichi Nishimura Kongodagi tartibsizliklarga sabab bo'lgan
“Mirror”ning so'zlariga ko'ra, mundial ochilish o'yinida hakamlik qilgan Yuichi Nishimura to'rt yil avval Kongo davlatidagi buzg'inchiliklarga sabab bo'lgan.
Nishimura 2010 yilda klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida o'yinni boshqargan. O'sha uchrashuvda Italiyaning “Inter” klubi Kongoning “Mazembe” jamoasi ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Afrikalik aholi hakam millatini bila olmasdan, bir nechta xitoy restoranlarida tartibsizliklar keltirib chiqarishgan.
Jahon chempionatining ochilish o'yinida yaponiyalik referi xorvatlar darvozasiga penalti belgiladi va Neymar bu imkoniyatdan unumli foydalandi.
Jahon chempionatining ochilish o'yinida yaponiyalik referi xorvatlar darvozasiga penalti belgiladi va Neymar bu imkoniyatdan unumli foydalandi.
Fikrlar