Yubiley "klasiko", murabbiy sifatida "Borussiya"ni hali umuman yutmagan Kovach uchun so'nggi imtihon - prevyu
06 apr 2019 17:23
Yangiliklar


Yubiley "klasiko", murabbiy sifatida "Borussiya"ni hali umuman yutmagan Kovach uchun so'nggi imtihon - prevyu
Joriy mavsumda chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning yubiley to'qnashuvi, "Der Klassiker" tarixidagi 100-o'yin.
Yubiley bo'lganda ham qanday bahs, deyarli chempionlik masalasiga oydinlik kiritib berishi mumkin bo'lgan bahs.
Bundesligada ancha yillardan buyon chempionlik kurashi bu qadar qizimagandi. Ayniqsa "Borussiya" va "Bavariya" o'rtasidagi qarama-qarshilik mavsum yakuniga qadar davom etmay kelayotgandi. Bu yil esa nihoyat uzoq kutilgan intriga qaytdi. Buni ikki xil talqinda aytish mumkin. Kimdir "Bavariya" nisbatan kuchsizlangani natijasida yuzaga kelgan intriga desa, yana bir taraf dortmundliklar nihoyat oxirgi yillardagi pasayishdan so'ng o'sishga erishishayotgani bilan izohlamoqda.
Qaysi jihat asosiy rol o'ynagani ikkinchi darajali masala. Muhimi, joriy mavsum davomida turnir jadvali yuqoriga bir "Bavariya" chiqayotgan bo'lsa, bir qarasa "Borussiya" myunxenliklardan o'zib ketmoqda.
Bundesliganing 27-turidan keyin Lyusen Favr jamoasi 63 ochko bilan peshqadam sifatida ketmoqda. "Bavariya" esa Niko Kovach qo'l ostida 61 ochko to'plagan holda nemis klasikosi oldidan "Borussiya"ni "quvmoqda".
Myunxenda o'tadigan bugungi bahs juda ko'plab savollarga javob beradi. Mazkur jamoalarning birinchi davradagi o'yinida dortmundliklarning qo'llari baland kelgandi. Gollarga boy va qiziqarli o'tgan bahsda Alkaserning goli "Borussiya"ga muhim 3 ochkoni taqdim etgandi.
Borussia Dortmund Marco Reus - 49', Marco Reus - 67', Paco Alcacer - 73' |
1. Bundesliga . 11-tur 10/11/2018, 22:30 2
:
3
Tugadi
|
Bayern Munich Robert Lewandowski - 26', Robert Lewandowski - 52' |
Stadion: Signal Iduna Park, 81365 tomoshabin
Bosh hakam: Manuel Graefe
Bugun o'sha mag'lubiyat alamini olish va turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarish uchun "Bavariya" faqat va faqat g'alaba qanoatlantiradi. Aks holda klub prezidenti Niko Kovachni ortiq kechirib o'tirmasligini malum qilgan. Demak jamoa oldida bosim yuqori. Niko Kovach birgina xato qimmatga tushishi mumkinligini sezib turibdi.
"Borussiya"ni esa hozirgi holatda durang natijasi ham qoniqtiradi va jamoa nisbatan bosimdan yiroq. Dortmund qator muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin g'alabali seriyaga o'tib oldi. Jamoaning hozirgi sport formasi ancha optimal ko'rinishda. "Bavariya" esa aksincha, ECHLdagi muvaffaqiyatsizlik orqali jamoaning g'alabali odimi to'xtatildi va kutilmaganda o'tgan turdagi qoqilish chempionatdagi qaytarilgan peshqadamlikni yo'qotilishi bilan tugadi.
Murabbiylarga oid qiziq statistika: Lyusen Favr Bundesligada "Bavariya" oxirgi 3 uchrashuvdan buyon yutqazmagan yagona mutaxassis. Niko Kovach esa "Borussiya"ga qarshi o'tkazilgan 5 uchrashuvdan birortasida g'alaba qozonmagan - 1 durang va 4 mag'lubiyat.
Bayern Munich Mats Hummels - 10', Robert Lewandowski - 17', Javier Martinez - 41', Serge Gnabry - 43', Robert Lewandowski - 89' |
1. Bundesliga . 28-tur 06/04/2019, 22:30 0
:
5
Tugadi
|
Borussia Dortmund |
Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin
Bosh hakam: Manuel Graefe
Taxminiy tarkiblar:
"Bavariya": Noyer - Alaba, Xummels, Zyule, Kimmix - Martines, Gorecka - Koman, Xames, Gnabri - Levandovski.
"Borussiya": Byurki - Volf, Akanji, Zagadu, Diallo - Delayni, Vitsel - Sancho, Roys, Larsen - Gyotce.
Bundesligada chempionlik masalasini hal etib beradigan dahshatli to'qnashuvni o'tkazib yubormang! "Borussiya" "Bavariya"ning 6 yillik gegemonligiga "nuqta" qo'yadimi yoki Kovach bu gal ham Dortmund oldida ojiz qolib, istefoga chiqadimi? Mazkur savollarga javob beradigan o'ta "qaynoq" to'qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
Qayd etish kerakki, mazkur jamoalar ishtirokidagi o'yinlar futbol jozibasiga hamohang ravishda o'tadi. Haqiqiy futbol lazzatidan bebahra qolmang!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar