"Yozyovon" - "SHerdor" uchrashuviga marhamat
27 apr 2018 11:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/252562_original.jpg)
![](/upload/storage/252562_220.jpg)
"Yozyovon" - "SHerdor" uchrashuviga marhamat
Ertaga 28 aprel kuni PRO-liganing 5-turida "Yozyovon" klubi o'z maydonida PRO-liganing yana bir vakili Samarqandning "SHerdor" klubini qabul qiladi.
Har ikki jamoa ham PRO-ligada munosib ishtirok etayotganligini inobatga olsak, ushbu bahs ko'pchilik futbol mutaxassislari va muxlislarini befarq qoldirmasligi tayin. Bu yilgi PRO-liga bahslarida bugunga qadar jamoalar quyidagicha natijalarni qayd etishgan:
"Yozyovon" klubi:
Yozyovon - Xotira 79 - 2:0
Lokomotiv BFK - Yozyovon 1:2
Yozyovon - Labsa 0:0
Iftixor - Yozyovon 3:0
"SHerdor" klubi:
SHerdor - Nurafshon 2:3
SHerdor - Xorazm 3:2
Zomin - SHerdor 0:2
SHerdor - G'ijduvon 2:2
Ushbu uchrashuv 28 aprel shanba kuni soat 16:30da Yozyovon shahridagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.
Barcha futbol muxlislarini stadionga chorlab qolamiz!
Bekzod Tolibov
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar