So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  1 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  7 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

“Yozyovon” o'z maydonida “G'ijduvon”ni mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh) Yangiliklar

“Yozyovon” o'z maydonida “G'ijduvon”ni mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh)

PRO-liganing 11-turida “Yozyovon” klubi o'z muxlislari qarshisida “G'ijduvon” klubini qabul qildi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Dastlabki daqiqalardan jamoalar ehtiyotkorlik bilan o'yin ko'rsatib, raqiblarni o'rganishga kirishdilar.  “Yozyovon lochinlari” futbolchilari tashabbusni qo'lga olgan bo'lsa, oradan bir oz o'tib vaziyat tenglashdi. Bellashuvning 11-daqiqasida “Yozyovon” jamoasining hujumi samara berdi.  Mezbonlar sardori Zoxid Ismoilov to'pni raqib darvozasiga yo'llab, hisobni ochdi. SHundan so'ng mehmonlar “G'ijduvon” jamoasi futbolchilari ham hujumlar uyushtira boshladilar.Birinchi bo'limning 41-daqiqasida mehmonlarning 17-raqamli futbolchisi Ravshanbek Yangiev raqiblari darvozasiga gol urib, uchrashuvdagi muvozanatni tikladi.  Hisob 1:1 ko'rinish hosil qildi.
Uchrashuvning birinchi bo'limiga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda yana o'sha Zoxid Ismoilov raqib darvozasiga gol kiritib, uchrashuvda dubl qayd etdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim 2:1 hisobida yozyovonliklarning g'alabasi bilan nihoyasiga etdi.
   
Ikkinchi bo'lim kekskin kurashlarga boy o'tdi. Taymning dastlabki qismida, aniqrog'i 47-daqiqada “Yozyovon lochinlari” jamoasining 17-raqamli futbolchisi Maqsadbek Ibragimov ajoyib gol kiritdi. Maqsadbek uzoq masofadan turib raqib darvozasiga kuchli zarba yo'llab, gol urdi. Hisob 3:1 ko'rinishiga keldi. Uchrashuvning 60-daqiqasida “G'ijduvon” jamoasi futbolchilari mezbonlar darvozasiga gol kiritishdi, lekin hakam o'yindan tashqari xolatni qayd etib, golni inobatga olmadi. Ikkinchi taymning qolgan qismida har ikkala jamoa ham ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgan bo'lsalarda, uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi. Uchrashuvda “Yozvon lochinlari” jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.    

PRO-liga
11-tur
“Yozyovon” – “G'ijduvon” – 3:1 (2:1)  
Hakamlar
: A.Najafaliev, E.Tursunov, I.Nosirov.
Nazoratchi – O.Rubakov.
Komissar – B.Haydarov.
Gollar: Zohid Ismoilov 11, - 1:0. Ravshan Yangiev 41, - 1:1. Zohid Ismoilov 45+2, - 2:1. Maqsad Ibragimov 47, - 3:1.
"Yozyovon": 35. Muhiddin Ahmedov, 3. Jasur Otajonov, 6. Bunyodbek Abdumannonov (18.Mamurbek Qosimov 46), 7. Zohid Ismoilov, 8. Alisher Fayzullaev (9. SHarif Mirzaev 67), 10. SHahboz Abdurahmonov, 11. SHahboz Abduraimov (30. SHukurillo Abdug'aniev.) 13. Zokir Nurmatov, 17. Maqsad Ibragimov, 19. Karimberdi Mamadiliev, 77. Abdulaziz Jo'raboev (4. Mirzohid Egamberdiev 87).
Zaxira: 1. Jasur Abdullaev, 2. Mirzoxid Mirzamahmudov, 5. Amir Nurmatov, 15. Adham Ahmadjonov
G'ijduvon: 12.Iskandar Mo'minov, 3. To'lqinjon Umarov, 4. Raxmatillo Raxmatillaev (19. Mironshox Ramazonov 49) 5. Saiddoston Fozilov, 7. Azizbek Murotov, 10. Baxrom Narzullaev, 13. Nuriddin Raxmatullaev (8.Xurshid SHodiev 82) 16. Jamshid Hasanov, 17. Ravshan Yangiev (15. Jaxongir Ismoilov 85) 18. Oxunjon Sayfiddinov, 25. Mansur Otaqulov (11. Abbos Ikromov 82)
Zaxira: 30. Otabek CHoriev, 9. Dadajon Ziyatov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика