So’nggi yangiliklar

21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  1 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  12 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  9 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 4:4  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  370 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24

Yozning amalga oshib bo'lgan TOP-10 transferi Yangiliklar

Yozning amalga oshib bo'lgan TOP-10 transferi

Evropaning malum qismida hali transfer oynasi ochilganicha yo'q, lekin bu klublarga yangi xaridlarni amalga oshirish uchun to'siq bo'lmayapti.

"Championat.Asia" amalga oshib bo'lgan transferlarning kuchli o'ntaligini tuzib chiqdi.


10. Brenden Aaronson
"RB Zalcburg" - "Lids" (33 mln evro)

21 yoshli amerikalik AQSHda o'z avlodining eng zo'rlaridan biri. "Zalcburg"da o'tgan bir yarim yil davomida Aaronson Evropaning qator klublari diqqatiga tushdi. Jumladan, Italiyaning "Milan" klubi ham futbolchini kuzatgan. Biroq Brenden yakunda Angliyaning o'zida malum mashhurlikka ega "Lids"ga o'tdi. Bu erda transfer summasini etiborsiz qoldirish qiyin: inglizlar Aaronson uchun 33 million evrodan voz kechishdi. Bu klub tarixidagi eng qimmat transfer. Brenden — aqlli futbolchi. Katta ehtimol "Lids" futbolchi uchun tramplin vazifasini bajarib beradi.




9. Adam Glojek
"Sparta" - "Bayer" (13 mln evro)

Yosh bo'lishiga qaramay, 19 yoshli forvard CHexiya termasi safida 16ta o'yin o'tkazib ulgurdi (1ta gol, 1ta assist). "Sparta" tarkibida Adam o'ziga etiborni qaratdi: u ikki marta "gol+pas" tizimida chempionatning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Glojek aldamchi to'qqizlik poziciyasida harakat qiladi. U kuchli zarbasi, jismoniy holati, texnik tomondan va maydonni ko'rish borasida maqtana oladi. Skautlar o'yin uslubi bo'yicha uni "CHelsi"dagi Kay Xavercga o'xshatishadi. Qizig'i, "Bayer" Glojekni sotib olgunga qadar, Moskvaning "Dinamo"sida to'p tepadigan yarim himoyachi Arsen Zaxaryanga qiziqqan. Ammo Rossiya va Ukraina o'rtasida yuzaga kelgan vaziyat bu transferga yo'l qoldirmadi.




8. Nussair Mazraui
"Ayaks" - "Bavariya" (tekinga)

Mazraui o'zi "katta bo'lgan" "Ayaks"da yulduzga aylanib, ajralib qoldi. Marokashlik futbolchi sifatida o'sishi va yo'lida davom etishi uchun yangi chaqiruv kerak edi. Bunday imkoniyani unga "Bavariya" taqdim etdi. Nussair to'p uchun kurashda foydali harakat qiladi, yuqori tezlikka ega va qanotidan hujumlarni muntazam ravishda qo'llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Mazraui maydon markazida ham o'ynay oladi. Mazraui "Bavariya"ga tekinga tushishini inobatga olsak, kelishuvni hozirning o'zidayoq omadlilar safiga qo'shish mumkin. Ehtimol, Nussair Myunxenda birdaniga asosiy tarkib vakili bo'lmas, lekin zarur pallada ishonsa bo'ladigan yaxshi o'yinchi.




7. Xvicha Kvaracxeliya
"Dinamo" Batumi - "Napoli" (10 mln evro)

Salohiyati bo'yicha Xvicha Sobiq Ittifoq hududidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. U bir yil avval Evropaga yo'l olishi mumkin edi, ammo o'shanda "Rubin"ni transfer summasi qanoatlantirmadi. Natijada Kvaracxeliya Qozon klubidan tekinga ketdi. Mavsumni Xvicha ona yurtida tugatib qo'yish uchun "Dinamo" klubiga yo'l oldi, aprel oxirida esa u "Napoli"ga ketishi aniq bo'ldi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, gruziyalik xavbek neapolliklarga 10 million evroga tushadi. Kvaracxeliya hujumning chap qanotida Lorenco Insinening o'rnini bosishi kerak. O'z navbatida, Lorenso jonajon jamoasini MLSdan tushgan manfaatli taklifga alishdi.




6. Ivan Perishich
"Inter" - "Tottenxem" (tekinga)

Xorvat 33 yoshda, lekin yuqori sport formasini ushlab qola olgan. 2021/2022 yilgi mavsumda u 49 uchrashuvda maydonga tushdi va 10ta gol urib, 9ta golli uzatmani amalga oshirdi. Perishich "Inter"dan tekinga ketmoqda. Ivanning o'zi bu qarorni qabul qilish u uchun faoliyatidagi eng qiyinlaridan biri bo'lganini takidladi. "Men orzumni amalga oshirib, APLda to'p tepib ko'rishga qaror qildim", — dedi Perishich. "Tottenxem"da uni eski tanishi Antonio Konte kutmoqda.




5. Niklas Zyule
"Bavariya" - "Borussiya" Dortmund (tekinga)

Odatda futbolchilar "Borussiya"dan "Bavariya"ga o'tishardi. Niklas Zyule esa Myunxenni Dortmundga alishtirgan kam sonli futbolchilardan biriga aylandi. Germaniyalik futbolchi baribir "Bavariya"da asosiy tarkibning muqim azosiga aylana olmadi. "Borussiya"da esa katta ehtimol bilan ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Ha, Zyule bir qarashda "beso'naqay" himoyachi, ammo yaxshigina tezlikka ega. Bevosita himoyadagi harakatlariga kelsak, Niklas ishonchli, aksariyat yakka kurashlarda ustunlikka ega va to'pni olib qo'yishda foydali o'yinchi.




4. Karim Adeyemi
"RB Zalcburg" - "Borussiya" Dortmund (30 mln evro)

Adeyemi — "RB Zalcburg"ning yana bir "mahsuloti". Avstriya klubi avvalroq aytganimiz Aaronson va Patson Daka ("Lester"), Nabi Keyta ("Liverpul"), Sadio Mane ("Liverpul"), Dominik Soboslai ("RB Leypcig"), Dayot Upamekano ("Bavariya"), Duye Caleta-Car ("Marsel") hamda Erling Xoland ("Manchester Siti") uchun o'tish klubi vazifasini bajarib berdi. Karim — tezkor, yaxshi zarbaga ega, texnik tomondan kuchli futbolchi. O'zining 20 yoshida Germaniya termasi safida debyut qilib, bitta gol urishga ham ulgurdi. Adeyemi "Borussiya"da Erling Xolandga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.




3. Diego Karlos
"Sevilya" - "Aston Villa" (31 mln evro)

Karlos so'nggi uch yil davomida La Liganing eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri edi. SHunga qaramay, Braziliya termasi murabbiylar shtabi unga etibor qaratishni istamadi. Hattoki, Diego boshqa termada o'ynash uchun fuqaroligini alishtirishi mumkinligi haqida ham aytildi. Hozircha u "Sevilya"dan "Aston Villa"ga 31 million evroga o'tib, faqatgina klubini alishtirdi. Diego Karlosning ustun jihati — kurashuvchanlik va sovuqqonlik.




2. Antonio Ryudiger
"CHelsi" - "Real" (tekinga)

Germaniyalik "CHelsi" safidagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish va alohida tanishtirishning keragi yo'q. "Real"ga u erkin agent sifatida qo'shilmoqda — xuddi shu sxemada bir yil avval Madridga David Alaba ko'chib o'tgandi. Qiziq, Ryudiger asosiy tarkibga kira oladimi? Agar buni uddlasa, kimni tarkibdan chiqarib yuboradi? Sababi hozir klubda ishonchli markaziy himoya juftligi Alaba — Militao bor. Nima bo'lsa ham, Antonio kabi himoyachi "Qirollik klubi"ga kerak bo'lishi turgan gap.




1. Erling Xoland
"Borussiya" Dortmund - "Manchester Siti" (75 mln evro)

Xolandning "Borussiya"dan "Manchester Siti"ga o'tishi borasidagi mish-mishlar bir necha oy davom etdi. Erling qitaning boshqa top-klubiga o'tishi mumkinligi haqida ham gaplar bor edi, ammo "Manchester Siti" norvegiyalikka yaxshiroq taklif berdi. Haftasiga Xoland 450 ming evro ishlab topadi — bu APLdagi eng katta maoshlardan biri. Kim biladi deysiz, "shaharliklar"ga ECHLda zafar quchish uchun balki aynan Xoland etishmagandir?!




Bonus: Lorenco Insine
"Napoli" - "Toronto" (tekinga)

SHuningdek, Lorenco Insinening "Toronto"ga o'tishini ham takidlamasak bo'lmaydi. So'nggi vaqtlarda yulduzlar MLSga u qadar oshiqishmayapti, biroq italiyalik boshqacha yo'l tutdi. Insine endigina 31 yoshda, u hali yana bir necha yil Evropada yuqori saviyada o'ynashi mumkin edi. SHunga qaramay, Lorenco muxlislari juda ham yaxshi ko'radigan va Maradona bilan bir qatorga qo'yadigan "Napoli"ni tark etishga qaror qildi.




Nikolay Egorichev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика