So’nggi yangiliklar

23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  5 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  2 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  46 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  5 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  14

Yozgi transferda Osiyodan Evropaga yo'l olgan 6 futbolchi Yangiliklar

Yozgi transferda Osiyodan Evropaga yo'l olgan 6 futbolchi

OFK rasmiy sayti ushbu yozda Osiyodan Evropa klublariga yo'l olgan olti nafar futbolchi haqida malumot berdi.

Daniel Arzani (Avstraliya): "Melburn Siti"dan "Manchester Siti"ga
Ikki oy oldin JCH-2018 musobaqasida Franciya termasiga qarshi maydonga tushgan Daniel Arzani avstraliyaliklar safida eng yosh futbolchi bo'lgandi. U "Melburn" tarkibida atigi olti oy to'p tepgach, darhol Evropaga yo'l oldi. Arzani "Mansester Siti" bilan shartnoma tuzdi. Keyinchalik esa ijara asosida "Seltik"da o'ynaydigan bo'ldi. U yaqin ikki yilni shotland klubi safida o'tkazadi.

Trent Seynsburi (Avstraliya): "Jinangsu"dan PSVga
Avstraliyalik yana bir futbolchi "Ko'hna qita" tomon yo'l oldi. Seynsburi Xitoyning "Jiangsu" klubidan Gollandiya chempioni PSV safiga ko'chib o'tdi. Bundan buyon ushbu futbolchi Mark van Bommel qo'l ostida to'p tepadi.

Vohid Amiri (Eron): "Persepolis"dan "Trabzonspor"ga
Oxirgi paytlarda Vohid Amiri haqida ko'p iliq fikrlar yangramoqda. Qizig'i shundaki, Amiri 25 yosh to'lgunga qadar Eron Superligasida o'ynamagandi. U "Persepolis"ga kelgach, tez orada sovrinlarga ega chiqdi va ikki bor mamlakat chempioni bo'ldi. SHuningdek, jahon chempionatida ham o'zini ko'rsata oldi. Mana endi u Turkiya klubi safida harakat qiladi.

Naomichi Ueda (Yaponiya): "Kashima Antlers"dan "Bryugge"ga
Garchi bu futbolchi JCH bahslarida umuman maydonga tushmagan bo'lsa-da, Belgiyaning "Bryugge" klubi skautlariga maqul kelib darhol shartnoma imzolashdi. CHunki "Bryugge" ko'proq futbolchining OCHLdagi harakatlarini kuzatdi. Malumot uchun, Ueda 2016 yil U-23 Osiyo chempionatida o'ynagan. Endilikda u ham o'z kuchini Evropada sinab ko'radi.

Musa Al Taamari (Iordaniya): "SHabab Al Ordun"dan APOELga
21 yoshli iordaniyalik futbolchi ham bu yil yozda Evropaga yo'l oldi. Musa Al Taamari OFK Kubogi bahslarida oltita gol urishga erishdi. Keyinchalik esa Kiprning eng nomdor klubi APOELdan tushgan taklifni qabul qildi. Iordaniya matbuoti ushbu futbolchini nihoyatda iqtidorli deb yozmoqda.

Li Ja Sung (J.Koreya): "CHonbuk Motors"dan "Xolshtayn Kiel"ga
Jahon chempionatida Germaniya mag'lub etilgach, koreyaliklar futbolchisi Li Ja Sung "CHonbuk Xyunday Motors"dan Germaniyaning ikkinchi Bundesligasi vakili "Xolshtayn Kiel" klubiga yl oldi. Bu futbolchi "CHonbuk" safida uch marta Janubiy Koreya chempioni shuningdek, 2016 yil OCHL g'olibi bo'lgan.  

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика