"Yovichning tirik qolganiga hayronman"
11 may 2020 22:10
Yangiliklar
"Yovichning tirik qolganiga hayronman"
Serbiyaning "Kurir" nashri "Real" hujumchisi Luka Yovichning jarohati borasida malumot berdi.
Oldinroq futbolchi uyida individual mashg'ulotlar paytida jarohat olgani borasida malumotlar berilgandi.
"U dahshatli tarzda jarohat oldi va bir amallab tirik qoldi! U devordan erga qarab yiqildi. To'g'risi sizlarga tushuntirib bera olmayman. U qay tariqa tirik qolganiga tushunmadim. Bu tasodifiy voqea edi", - dedi ushbu voqeaning guvohi bo'lgan Yovichning oila azosi.
Keyinchalik futbolchining otasiga bu borada savol berishganida ilk malumotni, yani, futbolchi mashg'ulot paytida jarohat olganini aytdi. Unga jurnalistlar futbolchining devordan yiqilganini aytganidan keyin esa: "Iltimos, meni to'g'ri tushuning, klubdagilar bu borada gapirishni taqiqlab qo'yishdi", - dedi Milan Yovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar