Yovich tatil vaqtini kamaytirdi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 11:57
"Real"ning yangi futbolchisi Luka Yovich qo'shimcha tatildan voz kechdi.

"As" xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi Zinedin Zidan mashg'ulotlariga belgilanganidan ertaroq vaqtda borib qo'shiladi va jamoaning yangi mavsum uchun asosiy tarkibi uchun kurashni boshlaydi.

Yovich 8 iyuldan e'tiboran "Real" qarorgohiga yetib boradi va mashg'ulotlarga kirishadi. U Serbiya yoshlar termasida o'ynagani uchun 24 iyulga qadar "Real" tomonidan tatil berilgandi.

Eslatib o'tamiz, "Real" Yovichning transferi uchun "Ayntraxt"ga 60 million evro to'lab bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As