"Metallurg"dan transfer taqiqi olib tashlandi
10 fev 12:05
Yangiliklar
"Metallurg"dan transfer taqiqi olib tashlandi
Kecha, 9 fevral sanasida FIFA Intizom qo'mitasi "Metallurg" klubi va uning sobiq futbolchisi Ivan Yosovich o'rtasidagi ish yakunlangani haqida malum qildi.
Bekobod klubi serbiyalik futbolchi oldidagi qarzdorliklarini to'laqonli bartaraf etgan va Yosovich klubga nisbatan qo'llangan taqiqning olib tashlanishini so'rab murojaat qilgan. Shuni inobatga olgan holda, FIFA Intizom qo'mitasi klubga qo'yilgan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqini olib tashlab, mazkur ishni yopiq deb elon qildi.
Takidlash joizki, O'zbekistonda ayni paytda faoliyat yuritayotgan klublar orasida FIFA taqiqi mavjud bo'lganlar qolmadi.
Avvalroq "Metallurg" "Yosovich ishi"ni hal qilayotgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar