Manchester grandlari "Brentford" himoyachisi uchun kurashadi
10 fev 11:39
Yangiliklar
Manchester grandlari "Brentford" himoyachisi uchun kurashadi
21 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi yorqin o'yini bilan Evropa futboli elitasining etiborini jalb etmoqda.
"TEAMtalk" malumotlariga ko'ra, "Manchester Siti" ham kurashga qo'shilib, Kayodeni ehtimoliy xaridlar ro'yxatiga kiritgan. Garchi Tino Livramento "shaharliklar" uchun asosiy maqsad bo'lib qolsa-da, Kayode tezda eng yaxshi muqobil variantlardan biriga aylandi.
"Brentford" o'z futbolchisining qiymatini yaxshi biladi. Klub Kayodeni "Fiorentina"dan taxminan 15 mln funtga sotib olgan, biroq hozir uni tezkor rivojlanishi va etakchi klublar qiziqishi ortib borayotganini hisobga olib, 50 mln funtdan ortiq summaga baholamoqda.
"Asalarilar" rahbariyati futbolchini sotishga shoshilmayotganini va faqat juda jiddiy takliflarni ko'rib chiqishini takidlamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar