Yosip Tomashevich: "Hozirda eng katta muammo – jismoniy holat"
04 may 2025 11:17
Yangiliklar
Yosip Tomashevich: "Hozirda eng katta muammo – jismoniy holat"
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Mashal" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Yosip Tomashevich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Og'ir o'yin bo'ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, birinchi bo'limda ikki-uchta qulay imkoniyatga ega bo'ldik. Ammo na birinchi, na ikkinchi bo'limda imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bellashuv so'ngida esa gol o'tkazib yubordik va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldik.
Hozirda eng katta muammo – jismoniy holat. Endilikda g'alaba qozonish yo'llarini qidirishimiz kerak. Lekin biz taslim bo'lmaymiz. Kurashib, keyingi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Biz ko'proq diqqat-etiborli bo'lishimiz kerak, bu nafaqat himoyachilar, balki barcha o'yinchilarga tegishli, butun jamoa maydonda to'pni yaxshiroq nazorat qilishi lozim, shundagina o'yin sifati yaxshilanadi", dedi xorvatiyalik futbolchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar