So’nggi yangiliklar

09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34

Yoshlar va o'smirlar termalaridan chiqqan yulduzlar Yangiliklar

Yoshlar va o'smirlar termalaridan chiqqan yulduzlar

2013 yil Turkiya va BAAda o'tkazilgan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldik.
Bu musobaqalarda bir qator yosh yulduzlarning harakatlarini kuzatib bordik. SHu asnoda oxirgi yillarda yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi terma jamoalarimizdan kimlar o'z klublari safida etakchi futbolchilarga aylangani va milliy terma jamoaga jalb etilganini aniqlashga ehtiyoj tug'ildi. SHu tariqa biz bilan bir chempionatda qatnashgan Osiyo va jahondagi terma jamoalardan yaqqol o'sishga erishgan futbolchilar ro'yxatini ham tuzib chiqdik.

Barchasini 2008 yil Toshkentda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan boshlasak. O'shanda o'zimiz bevosita bir qator yosh yulduzlarning o'yinlariga guvoh bo'lgan ekanmiz. Masalan, “Bavariya” bilan shartnomasi bor bo'lgan va hozirda “Gamba Osaka” tarkibida o'ynayotgan Takashi Usami poytaxtimizdagi stadionlarda o'ynagan. Robert Gay boshchiligidagi o'smirlarimizning mundialdan chetda qolib ketishiga sababchi bo'lgan Janubiy Koreya tarkibida bugungi kunda “Bayer” safida muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatayotgan Son Xyon Min bo'lgan. 2010 yilgi chempionatda eronlik Sardor Azmun (hozir “Rubin”ning asosiy tarkibidan o'rin olib bormoqda), yaponiyalik Rio Miyaichi harakatlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lganmiz. Lekin o'smirlar o'rtasidagi qita chempionati ishtirokchilarining aksariyati hali yosh ekanliklari bois katta sahnalarda o'zlarini namoyon qilishga ulgurishmagan. SHu sababli yoshlar o'rtasidagi qita va jahon chempionatlarida ko'proq yulduz o'yinchilar qatnashganini ko'ramiz. Qolaversa, 17 yoshga nisbatan 19 yoshda futbolchining imkoniyatlari yaqqol namoyon bo'ladi.

Ahmad Ubaydullaev boshchiligida to'p tepgan yoshlar terma jamoamizdan bugungi kunda milliy terma jamoaga Fozil Musaev, Islom To'xtaxo'jaev va Ivan Nagaev singari futbolchilar taklif etib kelinyapti. Bular orasida Islom eng ko'p o'ynagan. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Iordaniya terma jamoasi safida Oday Zahron, Halil Bani Attiya, Said Murjan va Ibrohim Zavahra harakat qilgan ekan. Ularning barchasi yaqindagina bizga alamli natijani taqdim etgan uchrashuvlarda Iordaniya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilishdi. Garchi, yoshlarimizning o'sha avlodi finalgacha etib borgan bo'lishiga qaramay, milliy terma jamoaga futbolchi etishtirib berish borasida iordaniyaliklardan ortda qolibdi. Iordaniyaning o'sha paytdagi yoshlari bugun bizning milliy termani dog'da qoldirishni uddaladi.

SHuningdek, eronlik Ehson Hojsafi, BAAlik Ahmad Halil, yaponiyalik SHinji Kagava, koreyalik Kim Yong Gvon (“Guanchjou Evergrand”), Ku Ja CHol (“Augsburg”) va Kim Bo Kyun (“Kardiff Siti”) nomlari birinchi bo'lib o'sha birinchilikda muxlislar tiliga tushgandi. Hozirga kelib ular milliy terma jamoalarida etakchilik vazifasini bajarishga o'tganlar. 2010 yilgi Osiyo chempionatida mundialga yo'llanma olishni uddalay olmagan jamoamizdan klublarida yaxshi o'yin ko'rsatayotganlar bir talay o'yinchilar etishib chiqqan. Vladimir Kozak, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Egor Krimec, Sardor Rashidov, Dilshod Rahmatullaev, Pavel Smolyachenko, Alibobo Rahmatullaev, Temurxo'ja Abduxoliqov o'sha jamoa safida o'ynagandi. Ularning bazilari milliy terma jamoa safida ham to'p tepishga ulgurishdi. Raqiblar safidan Ji Don Von (Janubiy Koreya), Omar Abdulrahmon (BAA) ajoyib o'yin namoyish qilishgandi. Hozir bu futbolchilar qitamiz yulduzlariga aylanib borishmoqda. Abdulrahmonga “Arsenal” tobora qiziqish bildiryapti. 2012 yilgi birinchilikda esa Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov va Vladimir Kozak yaxshi o'yin ko'rsatib, keyinchalik milliy terma jamoa yig'inlariga ham jalb etilishdi. Yoshlar va terma jamoalarimizning 2008 yildan keyingi tarkibidan milliy jamoagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan futbolchilar soni 5-6 nafarni tashkil qilyapti. Bu o'rtacha ko'rsatkich. Agar yoshlar va o'smirlar terma jamoalari muntazam ravishda o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishsa, unda o'zidagi yuqori saviyani keyinchilik ushlab qoladigan futbolchilarimiz soni ko'paygan bo'larmidi. CHunki yoshligida etakchi termalar bilan teng to'p tepayotgan o'yinchilarimiz oradan 5 yil o'tgach, o'sha raqiblariga yirik hisobda imkoniyatni boy berishlari hech gap emas. SHu o'rinda jahon chempionatida o'ynagandan keyin dunyoga tanilgan yulduzlar bilan tanishtirib o'tamiz.

2009 yil o'smirlar o'rtasidagi mundialda ko'plab mashhur futbolchilar harakat qilganlar. Nigeriyalik Onazi (“Lacio”), germaniyalik Ter SHtegen (“Borussiya” M), Mario Gyotce (“Borussiya” D), Bernd Leno (“Bayer”), braziliyalik Vellington (“SHaxtyor”), Felipe Koutino (“Liverpul”), Neymar (“Barselona”), Kazemiro (“Real”), yaponiyalik Rio Miyachi (“Uigan”), shveycariyalik Granit SHaka (“Borussiya” M), gollandiyalik Bruno Martins Indi (“Feyenoord”), Luis Kastainos (“Tvente”), ispaniyalik Koke (“Atletiko”), Iker Muniain (“Atletik”), Isko (“Real”), Alvaro Morata (“Real”), italiyalik Matteo Perin (“Jenoa”), Stefan El SHaaravi (“Milan”) singari jahon yulduzlari o'sha mundialda porlagan. Hozirgi kunda bu futbolchilar o'z klublari va terma jamoalari safida maydonga tushib, muxlislarni quvontirib kelishmoqda.

Xuddi o'sha yili Misrda bo'lib o'tgan yoshlar mundialida ispaniyalik Sezar Aspilikueta (“CHelsi”), Xordi Alba (“Barselona”), Fran Merida (“Arsenal”), Oskar De Markos (“Atletik”), germaniyalik Lars (“Borussiya” M) va Sven Bender (“Bayer”), Lyuis Xoltbi (“Tottenxem”), ganalik Andre Ayyu (“Marsel”) va Agemang Badu (“Udineze”), venesuelalik Solomon Rondon (“Rubin”), urugvaylik Gaston Ramires (“Sautgempton”), BAAlik Omar Abdulrahmon (“Al Ayn”), Ali Mabhut (“Al Ayn”), Hamdan Kamoli (“Al Vahda”), braziliyalik Aleks Teysheyra va Duglas Kosta (“SHaxtyor”) juda yaxshi o'yin ko'rsatishgandi. Hozirgi paytda bu o'yinchilarning aksariyati milliy terma jamoada o'z o'rinlariga ega bo'lishga ulgurishgan. Yoki faoliyatlarini Evropaning kuchli birinchiliklarida davom ettirishyapti. 2011 yilgi yoshlar jahon chempionatida franciyalik Lakazett va Grene (“Lion”), ispaniyalik Mark Bartra (“Barselona”), Oriel Romeu (“CHelsi”), Serxio Kanales (“Valensiya”), Isko (“Real”), Koke (“Atletiko”), Kristian Telo (“Barselona”), nigeriyalik Ahmad Musa (CSKA), braziliyalik Oskar (“CHelsi”), Koutino (“Liverpul”), Kazemiro (“Real”), misrlik Muhammad Saloh (“Bazel”) va argentinalik Erik Lamela (“Tottenxem”) ko'pchilikning yodida qolgan. O'smirlar o'rtasida Meksikada o'tkazilgan chempionatda gollandiyalik Jetro Uilyams (“Feyenoord”), argentinalik Lukas Okampos (“Monako”), franciyalik Kurt Zuma (“Lion”), ingliz Rahim Sterling (“Liverpul”), germaniyalik Emre Jan (“Bayer”), finlyandiyalik Viktor Fisher (“Ayaks”), braziliyalik Markinos (PSJ) va Lukas Piazon (“Vitess”) singari futbolchilar butun jahonga tanilgan. SHu ikki yil ichida Markinos “Roma”dan PSJga o'tib, Evropa darajasida eng yaxshi himoyachilardan biriga aylanashni uddaladi. SHu yil Turkiyada o'tgan mundialda Franciyadan Pogba (“Yuventus”), Kondogbia (“Monako”), Toven (“Marsel”), Xorvatiyadan Livayya (“Atalanta”), Anti Rebich (“Fiorentina”), Jim Varela (“Manchester Yunayted”) iliq taassurot qoldirishgandi. Ko'rib turganingizdek, o'smirlar va yoshlarimiz bilan bir mundialda o'ynagan futbolchilar ichidan yulduzlar etishib chiqdi. Biz esa hamon bu borada oqsayapmiz. Bir inson bajargan yumushni boshqa odam ham bajara oladi. Faqat buning uchun intilish, ishtiyoq va qunt bo'lsa kifoya. Umid qilamizki, hozir o'sib kelayotgan avlod bu taqqoslashlardan o'zi uchun to'g'ri xulosa chiqaradi.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика