So’nggi yangiliklar

21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  2 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  1 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2

Yoshlar terma jamoasi Misrga U-21 va U-18 musobaqalari to'purarini olib ketmadi Yangiliklar

Yoshlar terma jamoasi Misrga U-21 va U-18 musobaqalari to'purarini olib ketmadi

Misrda 20 yoshgacha futbolchilar orasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.

Mazkur musobaqa U-20 Arab Kubogi deyiladi va bunda o'zbekistonlik futbolchilar ham ishtirok etishadi. O'FA mazkur turnirga O'zbekiston U-20 emas, balki 2003 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat U-18 terma jamoasini yuborishga qaror qildi. Mazkur terma jamoaga Dmitriy Kim bosh murabbiylik qilmoqda.

Qizig'i shundaki, PFL tomonidan o'tkazib kelinayotgan U-21 hamda U-18 birinchiliklarining to'purari bo'lib turgan "Lokomotiv" hujumchisi Ali Abdurahmonov yig'inda qatnashgani bilan Misrga olib ketilmadi. U faqat Toshkentdagi mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Malumot uchun, Ali Abdurahmonov hozircha U-21 birinchiligida 6ta, U-18 birinchiligida esa 8ta gol urdi. 

"Lokomotiv" U-18 futbolchilari 10-tur yakunlariga ko'ra, 13ta gol urgan bo'lishsa, shundan 8tasini faqat bir futbolchi raqiblar darvozasiga kiritishi tahsinga loyiq. Ali Abdurahmonov deyarli har o'yinda gol urib kelayotgani bois yoshlar terma jamoasiga taklif etilgandi, ammo nima sababdan Misrdagi turnirga olib ketilmagani g'alati. Va bizga malum bo'lishicha, uning o'yin uslubi bosh murabbiy Dmitriy Kimning taktikasiga mos tushmapti. 

Agar murabbiyning taktikasiga ushbu futbolchi mos tushmagan bo'lsa, buni to'g'ri tushunsa bo'ladi (aslida gol urib kelayotgan futbolchi qanaqasiga taktikaga tushmaslik mumkin), lekin bizning murabbiylarga "odat" bo'lib qolayotgan "o'zinikini tiqishtirish" tushunchasi amalga oshib, murabbiy shunchaki boshqa futbolchini olib ketgan bo'lsa-chi? Ammo fakt shuki, ikkita musobaqa to'purari terma jamoa bilan U-20 Arab Kubogiga bormadi. 

Endi musobaqa haqida malumot beradigan bo'lsak, mazkur xalqaro turnirda quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda. 

"A" guruhi - Misr, Niger Respublikasi, Mavritaniya, Jazoir. 

"B" guruhi - Marokash, Tojikiston, BAA, Djibuti. 

"C" guruhi - Senegal, Livan, Iroq, Komoro orollari. 

"D" guruhi - Tunis, Yaman, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston. 


O'zbekiston U-18 terma jamoasining guruh o'yinlari taqvimi:

21 iyun. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni

24 iyun. O'zbekiston - Tunis

27 iyun. O'zbekiston - Yaman

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика