Yoshlar o'rtasidagi U-19 OCH. Yoshlarimizni kutib turgan sinov
09 okt 2014 17:00
Yangiliklar

Yoshlar o'rtasidagi U-19 OCH. Yoshlarimizni kutib turgan sinov
Bugun Myanmaning Neypido va Yangon shaharlarida futbol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionat start oldi.
Tarixda 38-marta o'tkazilayotgan musobaqa 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoalarning jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tib berishi bilan ham ikki karra ahamiyatliroq sanaladi. Myanmadagi musobaqada Ravshan Haydarov boshqarayotgan yoshlar termasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Osiyo chempionati dastlab OFK Yoshlar CHempionati deb yuritilgan. Keyinchalik uning nomi hozirgi ko'rinishga keltirilgan. Ilk bor 1959 yil o'tkazilgan turnir dastlab har yil tashkil qilib kelingan. Bu holat 1978 yilgacha davom etgan. 1980 yildan keyin esa oraliq 2 yilga cho'zilgan, lekin orada bir marta tanaffus 3 yildan ham iborat bo'lgan.
Turli yillarda chempionat har xil formatlarda o'tkazilgan. Hozir esa saralash bosqichidan keyin 16 terma jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. SHunisi qiziqki, 1978 yilgi chempionatni qo'shib hisoblaganda birinchi 20 chempionatda final o'yinida kuchlar teng kelsa, har ikki jamoa g'olib deb elon qilingan. 3-o'rin bellashuvda ham shunday holat kuzatilgan. SHu sababli g'olib jamoalar soni chempionatlar sonidan ortiqroq, xuddi bizning chempionatdagi singari.
OSIYO CHEMPIONATINING BARCHA FINALLARI
1959 Janubiy Koreya – Malaya – 2:1
1960 Janubiy Koreya – Malaya – 4:0
1961 Indoneziya – Birma – 0:0*
1962 Tailand – Janubiy Koreya – 2:1
1963 Janubiy Koreya – Birma – 2:2*
1964 Isroil – Birma – 0:0*
1965 Isroil – Birma – 5:0
1966 Birma – Isroil – 1:1*
1967 Isroil – Indoneziya – 3:0
1968 Birma – Malaya – 4:0
1969 Birma – Tailand – 2:2*
1970 Birma – Hindiston – 3:0
1971 Isroil – Janubiy Koreya – 1:0
1972 Isroil – Janubiy Koreya – 1:0
1973 Eron – Yaponiya – 2:0
1974 Hindiston – Eron – 2:2*
1975 Eron – Iroq - 0:0*
1976 Eron – Janubiy Koreya – 0:0*
1977 Iroq - Eron – 4:3
1978 Iroq - Janubiy Koreya – 1:1*
1980 Janubiy Koreya Qatar
1982 Janubiy Koreya Xitoy
1985 Xitoy Saudiya Arabistoni
1986 Saudiya Arabistoni – Bahrayn – 2:0
1988 Iroq - Suriya – 1:1 (5:4)
1990 Janubiy Koreya – KXDR – 0:0 (4:3)
1992 Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya – 2:0
1994 Suriya – Yaponiya – 2:1
1996 Janubiy Koreya – Xitoy – 3:0
1998 Janubiy Koreya – Yaponiya – 2:1
2000 Iroq - Yaponiya – 2:1
2002 Janubiy Koreya – Yaponiya – 1:0
2004 Janubiy Koreya – Xitoy – 2:0
2006 KXDR – Yaponiya – 1:1 (5:3)
2008 BAA – O'zbekiston – 2:1
2010 KXDR – Avstraliya – 3:2
2012 Janubiy Koreya – Iroq – 1:1 (4:1)
Izoh: * belgisi bor uchrashuvlarda o'yin durang bilan tugagach, har ikki jamoa g'olib deb elon qilingan. 1980, 1982 va 1985 yillarda yarim final guruh bahslari tartibida o'tkazilgan.
Barcha g'oliblar:
12 – Janubiy Koreya
7 – Myanma
6 – Isroil
5 – Iroq
4 – Eron
3 - KXDR
2 – Saudiya Arabistoni, Tailand
1 – Xitoy, Suriya, BAA, Hindiston, Indoneziya
2014 yilgi Osiyo chempionati Myanma poytaxti Neypido va sobiq poytaxt Yangon shaharlarida o'tkaziladi. Uchrashuvlar shu shaharlardagi Tuvunna (32000 tomoshabinga mo'ljallangan) va Vunna Teikdi (30000 tomoshabinga mo'ljallangan) stadionlarida bo'lib o'tishi mo'ljallangan. Ushbu mamlakat ilk bor nufuzli turnirga mezbonlik qiladi. Qizig'i, Myanma yoshlar terma jamoasi 1970 yilgacha 7 marta qitada tengsiz jamoaga aylangan. Lekin hozirgi kunda bu davlat futbolda Osiyoda autsayderlar qatoriga tushib qolgan. Terma jamoamiz barcha uchrashuvlarni Yangonda o'tkazadi. Guruhdan keyin ham yoshlarimizning yo'li faqat Yangonga bog'liq bo'ladi.
Endi esa O'zbekiston yoshlar terma jamoasining final bosqichlaridagi ishtirokiga nazar tashlab o'tsak. Umuman olganda, aynan final bahslaridagi natijaning o'zi bo'yicha termamiz juda yaxshi ko'rsatkichlarga ega. CHunki 2002, 2004, 2008, 2010 va 2012 yillardagi qita chempionati finalida ishtirok etgan yoshlarimiz har safar guruhdan keyingi bosqichga chiqishgan va uch marta jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishgan.
2002 yilgi musobaqa ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. O'shanda guruhda mezbonlarni ortda qoldirib ketgan termamiz chorak finalda Suriyaga qarshi kechgan asabiy bellashuvda 4:0 hisobida g'alaba qozonib (barcha gollar 2-taymda urilgan), jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishgandi. Lekin yarim final va 3-o'rin uchun o'tgan uchrashuvlarda raqiblar bizdan kuchliroqligini namoyish etishgandi. SHunga qaramay, kichik mundialga ilk bor chiqishning o'zi haqiqiy qahramonlik edi.
2002 yil
A guruhi
1-tur
Qatar – Janubiy Koreya – 0:1
O'zbekiston – Tailand – 4:0
2-tur
Qatar – Tailand – 3:2
Janubiy Koreya – O'zbekiston – 2:0
3-tur
Qatar – O'zbekiston – 4:5
Tailand – Janubiy Koreya – 0:0
CHorak final
Yaponiya – BAA – 3:0
Janubiy Koreya – Hindiston – 7:0
Saudiya Arabistoni – Xitoy – 4:1
Suriya – O'zbekiston – 0:4
Yarim final
Yaponiya – O'zbekiston – 1:1 (4:2)
Janubiy Koreya – Saudiya Arabistoni – 2:1
3-o'rin uchun
O'zbekiston – Saudiya Arabistoni – 0:4
Final
Yaponiya – Janubiy Koreya – 0:1
2004 yil esa bo'lajak chempionlar Janubiy Koreya termasi chorak finalda bizni to'xtatgan. Tabiiyki, shu bilan mundial haqidagi orzularga chek qo'yilgandi. Guruhda Laos, Hindiston va Suriya bilan to'qnash kelib, birinchi o'rinni egallagan futbolchilarimiz chorak finaldan keyin uyga qaytishga majbur bo'lishgan. Balki, o'shanda 2-o'rinni egallash yaxshiroq bo'larmidi? CHunki suriyaliklar oxir-oqibat yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi. Finalda esa koreyslar Xitoydan 2:0 hisobida ustun kelishgan.
S guruhi
1-tur
O'zbekiston – Laos – 5:2
Gollar: Qo'ziboev 54, 71, 74, Bikmaev 84, Abdullaev 89 – Suvan 57, Fafuvanin 82.
Suriya – Hindiston – 2:1
2-tur
Laos – Suriya – 1:4
Hindiston – O'zbekiston – 1:2
Gollar: Manjit Singx 67 – Kleckov 28, Abdullaev 90.
3-tur
O'zbekiston – Suriya – 1:1
Gollar: Jatdoev 3-pen – Atif Jenyat 79.
Laos – Hindiston – 1:0
CHorak final
3 oktyabr 2004
Yaponiya - Qatar – 0:0 (5:3)
O'zbekiston – Janubiy Koreya – 1:2
Xitoy – Malayziya – 3:0
Iroq - Suriya – 0:1
2008 yil Saudiya Arabistonida o'tkazilgan chempionatda yoshlarimiz Ahmad Ubaydullaev boshchiligida yana bir bor jahon chempionatiga yo'l olib, ishqibozlarga olam-olam xursandchilik ulashishgandi. O'shanda guruhda Iordaniya, Avstraliya va Tailand bilan uchrashuvlarda katta muammolarga duch kelmagan futbolchilarimiz chorak finalda Xitoyni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratishgandi.
O'shanda qo'shimcha vaqtning oxirgi soniyalarida posbonimiz Doniyor Usmonov maydondan chetlatilgan va so'nggi xavfli vaziyatni bir amallab bartaraf etgan jamoamiz penaltilar seriyasida mushkul holatdan chiqib ketgandi. Darvozadan o'rin olgan Murod Xolmuhammedov bir zarbani qaytargan bo'lsa, yana bir zarbada xitoyliklarning o'zlari adashishgandi. Keyin esa yarim finalda Karimovning yagona goli koreyslardan ustun kelishimizni taminlagan.
Finalda esa Ahmad Halil va BAAga tishimiz o'tmagan, 1:2. SHunga qaramay, qita chempionatida qo'lga kiritilgan kumush medallar ham yomon natija emas.
D guruhi
1-tur
Iordaniya – O'zbekiston – 0:1
Gol: Mirzaev 3.
Avstraliya – Tailand – 1:0
2-tur
O'zbekiston – Avstraliya – 1:1
Gollar: Karimov 37 – Minnikon 48.
Tailand – Iordaniya – 3:2
3-tur
Tailand – O'zbekiston – 0:1
Gol: Musaev 34.
CHetlatish: Sutjarit 72.
Iordaniya – Avstraliya – 1:2
CHorak final
Xitoy – O'zbekiston – 0:0 (3:4)
CHetlatish: Usmonov 120.
Yaponiya – Janubiy Koreya – 0:3
BAA – Saudiya Arabistoni – 1:0
Avstraliya – KXDR – 2:1
Yarim final
Janubiy Koreya – O'zbekiston – 0:1
Gol: Karimov 17.
CHetlatish: Syon Gyu 90.
BAA – Avstraliya – 3:0
Final
O'zbekiston – BAA – 1:2
Gollar: To'raev 64 – Ahmad Halil 33, 72.
2010 yilda mundialga chiqishimiz uchun bir necha daqiqa kamlik qilgan. Guruhda birorta to'p o'tkazmasdan KXDR, Bahrayn va Iroqdan ustun kelgan yoshlarimiz chorak finalda Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobda imkoniyatni boy berishgan. SHunday qilib, Marat Kabaev shogirdlarining urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
V guruhi
1-tur
O'zbekiston – KXDR – 1:0
Gol: Abduxoliqov 64-pen.
2-tur
O'zbekiston – Bahrayn – 1:0
Gol: Smolyachenko 17.
3-tur
O'zbekiston – Iroq - 2:0
Gollar: Bahriddinov 45, Mirzaev 90.
CHorak final
O'zbekiston – Saudiya Arabistoni – 1:2
Gollar: Abdullaev 6 – Otayf 83, Aljohani 96.
2012 yil BAAda Ahmadjon Musaev shogirdlari jahon chempionatiga yo'llanma olishdi. Guruhda Vetnam, Iordaniya va KXDRga qarshi uchrashuvlarda 7 ochko to'plagan yoshlarimiz chorak finalda Suriyani penaltilar seriyasida dog'da qoldirib, Turkiyadagi o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani naqd qilishgandi. Igor Sergeev 7 to'p kiritgan holda musobaqa to'purariga aylangandi.
S guruhi
O'zbekiston – Vetnam – 4:0
Gollar: Fomin 28, Sergeev 45+1, 79, Hakimov 90+1.
Iordaniya – O'zbekiston – 2:2
Gollar: Sergeev 60-pen, 90+3 – Fadi Avad 49, Rahmonov 65-avt.
KXDR – O'zbekiston – 0:2
Gollar: Sergeev 79-pen, Hakimov 85.
CHorak final
O'zbekiston – Suriya - 2:2 (3:0)
Gollar: Sergeev 44, Toshpo'latov 76 – Mido 38, Maovas 45+2.
Yarim final
Janubiy Koreya – O'zbekiston – 3:1
Gollar: Kan San Vu 51, 76, Mun CHan Jin 61-pen – Sergeev 66.
Behzod NAZAROV tayyorladi.

# | Jamoalar | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | Janubiy Koreya | 3 | 2 | 1 | 0 | 3-0 | 7 |
2 | O'zbekiston | 3 | 2 | 0 | 1 | 9-6 | 6 |
3 | Qatar | 3 | 1 | 0 | 2 | 7-8 | 3 |
4 | Tailand | 3 | 0 | 1 | 2 | 2-7 | 1 |
1-tur
Qatar – Janubiy Koreya – 0:1
O'zbekiston – Tailand – 4:0
2-tur
Qatar – Tailand – 3:2
Janubiy Koreya – O'zbekiston – 2:0
3-tur
Qatar – O'zbekiston – 4:5
Tailand – Janubiy Koreya – 0:0
CHorak final
Yaponiya – BAA – 3:0
Janubiy Koreya – Hindiston – 7:0
Saudiya Arabistoni – Xitoy – 4:1
Suriya – O'zbekiston – 0:4
Yarim final
Yaponiya – O'zbekiston – 1:1 (4:2)
Janubiy Koreya – Saudiya Arabistoni – 2:1
3-o'rin uchun
O'zbekiston – Saudiya Arabistoni – 0:4
Final
Yaponiya – Janubiy Koreya – 0:1
2004 yil esa bo'lajak chempionlar Janubiy Koreya termasi chorak finalda bizni to'xtatgan. Tabiiyki, shu bilan mundial haqidagi orzularga chek qo'yilgandi. Guruhda Laos, Hindiston va Suriya bilan to'qnash kelib, birinchi o'rinni egallagan futbolchilarimiz chorak finaldan keyin uyga qaytishga majbur bo'lishgan. Balki, o'shanda 2-o'rinni egallash yaxshiroq bo'larmidi? CHunki suriyaliklar oxir-oqibat yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi. Finalda esa koreyslar Xitoydan 2:0 hisobida ustun kelishgan.
S guruhi
# | Jamoalar | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | O'zbekiston | 3 | 2 | 1 | 0 | 8-4 | 7 |
2 | Suriya | 3 | 2 | 1 | 0 | 7-3 | 7 |
3 | Laos | 3 | 1 | 0 | 2 | 4-9 | 3 |
4 | Hindiston | 3 | 0 | 0 | 3 | 2-5 | 0 |
1-tur
O'zbekiston – Laos – 5:2
Gollar: Qo'ziboev 54, 71, 74, Bikmaev 84, Abdullaev 89 – Suvan 57, Fafuvanin 82.
Suriya – Hindiston – 2:1
2-tur
Laos – Suriya – 1:4
Hindiston – O'zbekiston – 1:2
Gollar: Manjit Singx 67 – Kleckov 28, Abdullaev 90.
3-tur
O'zbekiston – Suriya – 1:1
Gollar: Jatdoev 3-pen – Atif Jenyat 79.
Laos – Hindiston – 1:0
CHorak final
3 oktyabr 2004
Yaponiya - Qatar – 0:0 (5:3)
O'zbekiston – Janubiy Koreya – 1:2
Xitoy – Malayziya – 3:0
Iroq - Suriya – 0:1
2008 yil Saudiya Arabistonida o'tkazilgan chempionatda yoshlarimiz Ahmad Ubaydullaev boshchiligida yana bir bor jahon chempionatiga yo'l olib, ishqibozlarga olam-olam xursandchilik ulashishgandi. O'shanda guruhda Iordaniya, Avstraliya va Tailand bilan uchrashuvlarda katta muammolarga duch kelmagan futbolchilarimiz chorak finalda Xitoyni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratishgandi.
O'shanda qo'shimcha vaqtning oxirgi soniyalarida posbonimiz Doniyor Usmonov maydondan chetlatilgan va so'nggi xavfli vaziyatni bir amallab bartaraf etgan jamoamiz penaltilar seriyasida mushkul holatdan chiqib ketgandi. Darvozadan o'rin olgan Murod Xolmuhammedov bir zarbani qaytargan bo'lsa, yana bir zarbada xitoyliklarning o'zlari adashishgandi. Keyin esa yarim finalda Karimovning yagona goli koreyslardan ustun kelishimizni taminlagan.
Finalda esa Ahmad Halil va BAAga tishimiz o'tmagan, 1:2. SHunga qaramay, qita chempionatida qo'lga kiritilgan kumush medallar ham yomon natija emas.
D guruhi
# | Jamoalar | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | Avstraliya | 3 | 2 | 1 | 0 | 4-2 | 7 |
2 | O'zbekiston | 3 | 2 | 1 | 0 | 3-1 | 7 |
3 | Tailand | 3 | 1 | 0 | 2 | 3-4 | 3 |
4 | Iordaniya | 3 | 0 | 0 | 3 | 3-6 | 0 |
1-tur
Iordaniya – O'zbekiston – 0:1
Gol: Mirzaev 3.
Avstraliya – Tailand – 1:0
2-tur
O'zbekiston – Avstraliya – 1:1
Gollar: Karimov 37 – Minnikon 48.
Tailand – Iordaniya – 3:2
3-tur
Tailand – O'zbekiston – 0:1
Gol: Musaev 34.
CHetlatish: Sutjarit 72.
Iordaniya – Avstraliya – 1:2
CHorak final
Xitoy – O'zbekiston – 0:0 (3:4)
CHetlatish: Usmonov 120.
Yaponiya – Janubiy Koreya – 0:3
BAA – Saudiya Arabistoni – 1:0
Avstraliya – KXDR – 2:1
Yarim final
Janubiy Koreya – O'zbekiston – 0:1
Gol: Karimov 17.
CHetlatish: Syon Gyu 90.
BAA – Avstraliya – 3:0
Final
O'zbekiston – BAA – 1:2
Gollar: To'raev 64 – Ahmad Halil 33, 72.
2010 yilda mundialga chiqishimiz uchun bir necha daqiqa kamlik qilgan. Guruhda birorta to'p o'tkazmasdan KXDR, Bahrayn va Iroqdan ustun kelgan yoshlarimiz chorak finalda Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobda imkoniyatni boy berishgan. SHunday qilib, Marat Kabaev shogirdlarining urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
V guruhi
# | Jamoalar | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | O'zbekiston | 3 | 3 | 0 | 0 | 4-0 | 9 |
2 | KXDR | 3 | 2 | 0 | 1 | 5-1 | 6 |
3 | Bahrayn | 3 | 1 | 0 | 2 | 2-4 | 3 |
4 | Iroq | 3 | 0 | 0 | 3 | 1-7 | 0 |
1-tur
O'zbekiston – KXDR – 1:0
Gol: Abduxoliqov 64-pen.
2-tur
O'zbekiston – Bahrayn – 1:0
Gol: Smolyachenko 17.
3-tur
O'zbekiston – Iroq - 2:0
Gollar: Bahriddinov 45, Mirzaev 90.
CHorak final
O'zbekiston – Saudiya Arabistoni – 1:2
Gollar: Abdullaev 6 – Otayf 83, Aljohani 96.
2012 yil BAAda Ahmadjon Musaev shogirdlari jahon chempionatiga yo'llanma olishdi. Guruhda Vetnam, Iordaniya va KXDRga qarshi uchrashuvlarda 7 ochko to'plagan yoshlarimiz chorak finalda Suriyani penaltilar seriyasida dog'da qoldirib, Turkiyadagi o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani naqd qilishgandi. Igor Sergeev 7 to'p kiritgan holda musobaqa to'purariga aylangandi.
S guruhi
# | Jamoalar | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | O'zbekiston | 3 | 2 | 1 | 0 | 8-2 | 7 |
2 | Iordaniya | 3 | 1 | 2 | 0 | 8-5 | 5 |
3 | KXDR | 3 | 1 | 1 | 1 | 6-3 | 4 |
4 | Vetnam | 3 | 0 | 0 | 3 | 2-14 | 0 |

Fikrlar