Yoshlar o'rtasidagi ECHL. Bugun va ertaga yarim finalchilar malum bo'ladi: Arbeloaning “Real”i safarda AZ bilan o'ynaydi (+to'purarlar)
14 mar 2023 10:45
Yangiliklar


Yoshlar o'rtasidagi ECHL. Bugun va ertaga yarim finalchilar malum bo'ladi: Arbeloaning “Real”i safarda AZ bilan o'ynaydi (+to'purarlar)
19 yoshgacha futbolchilar o'rtasida har yili tashkil etib kelinadigan kichik CHempionlar Ligasida bugun chorak final bahslari boshlanadi.
Uchrashuv bir o'yindan iborat, juftliklar quyidagicha ko'rinish olgan:
14 mart
18:00, “Sporting” – “Liverpul”
20:00, “Milan” – “Atletiko”
15 mart
18:00, AZ – “Real”
22:30, “Borussiya D” – “Xayduk”
Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi “Benfika” hisoblanadi. Eng ko'p titulni esa “Barselona” va “CHelsi” qo'lga kiritgan – 2 tadan. Umuman Evropada yoshlar o'rtasidagi ECHL 2013 yildan beri o'tkazib kelinmoqda.
2022/23 yilgi mavsum finali 24 aprelga belgilangan.
Joriy musobaqa to'purarlari:
1. Bilol Majar (“Panatinaikos”) – 9 gol;
2-3. Ilyos Husni (PSJ) – 8;
2-3. Adrian Nino (“Atletiko”) – 8;
4.5. Viktor Barbera (“Barselona”) – 7;
4-5. Okli Kannone (“Liverpul”) – 7.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar