Yoshlar ligasining ushbu turida jami 12ta qizil kartochka ko'rsatildi!
12 sen 2015 02:50
Yangiliklar
Yoshlar ligasining ushbu turida jami 12ta qizil kartochka ko'rsatildi!
Eng ko'p chetlatish kuzatilgan bahs bu "Andijon" hamda "Qizilqum" yoshlari o'rtasidagi uchrashuvida qayd etildi. Bu o'yinda bosh hakam o'z cho'ntagidan 4 marotaba qizil kartochkani olib chiqishga majbur bo'lgan. Kichik Toshkent derbisi maqomi ostida kechgan bellashuvda "Paxtakor"ning uch futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilgan.
Yana bir kichik derbi, "Nasaf" va "SHo'rtan" yoshlari o'rtasida o'tgan o'yinda "ajdarlar"ning ikki nafar o'yinchisi uchrashuvni muddatidan avval tugatgan.
SHuningdek, "Qo'qon-1912" - "Mashal" va "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvida ham hakam futbolchilarni qizil kartochka bilan siylagan.
CHetlatilgan futbolchilar: M.Rajabov ("Dinamo"), B.To'raboev ("Navbahor"), YU.Ochildiev ("Mashal"), N.Yuldoshev ("Paxtakor"), A.Otaxonov ("Paxtakor"), A.Sidorov ("Paxtakor"), D.Xushbakov ("Nasaf"), S.Ochilov ("Nasaf"), R.Abdug'afforov ("Andijon"), A.Komilov ("Andijon"), B.Iskandarov ("Qizilqum"), A.Makosin ("Qizilqum").
Yoshlar ligasining 21-turidagi barcha o'yinlarda jami 38ta ogohlantirish ko'rsatildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar