Yoshlar ligasi: to'purarlar bahsida omad kimga kulib boqadi?!
07 avg 2015 12:25
Yangiliklar


Yoshlar ligasi: to'purarlar bahsida omad kimga kulib boqadi?!
Bugun Yoshlar ligasining 17-turidan o'rin olgan “Nasaf” - “Olmaliq” jamoalari to'qnashuvida muxlislar nafaqat jamoalarning shiddatli bahsiga, balki ushbu musobaqa to'purarlarning o'zaro kurashiga ham guvoh bo'lishadi.
Gap shundaki, ayni paytga kelib Yoshlar ligasi bellashuvlari to'purarlar bahsida bugun maydonga o'zaro ro'baru keladigan jamoalarning hujumchilari qo'shpeshqadamlik qilishmoqda. O'tkazilgan 16 turdan keyin “Olmaliq” hujumchisi Doniyor Ismoilov va “Nasaf” yoshlari to'purari Dilshod Xushbakov 9 tadan gol kiritishib, to'purarlar bahsida etakchilik qilishmoqda.
Yoshlar ligasi, 17-tur.
“Nasaf” – “Olmaliq”
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.
Bosh hakam: Ishoq Ibragimov (Nukus).
Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar