Yoshlar ligasi. "So'g'diyona" Yangierga bitta darvozabon bilan kelgan!
20 may 2014 16:54
Yangiliklar
Yoshlar ligasi. "So'g'diyona" Yangierga bitta darvozabon bilan kelgan!
Xabaringiz bor, bugun yoshlar ligasining 9-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Yangierda "So'g'diyona" - "Neftchi" bahsi bo'lib o'tadi. Uchrashuvda mezbon sifatida harakat qiladigan jizzaxliklar Yangierga bitta darvozabon bilan kelishni maqul topgan.
Jamoaning tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsak, birgina posbon Nodirjon Ashurmatov borligini ko'ramiz. Zaxirada boshqa darvozabon yo'q. Etiborlisi zaxira posboni vazifasini "So'g'diyona" safida bir nechta gollar urib, ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan Rasul Hayitov bajarmoqda.
30 yoshli futbolchi bugun qo'lqoplarni kiyib, Nodirjon Ashurmatovni o'yinga tayyorladi. Ko'ramiz bugungi uchrashuvda murabbiylar Hayitovni maydonga darvozabon sifatida tushirarmikin yoki boshqa ampluaga?

Fikrlar