Yoshlar ligasi: “Qizilqum” - “Navbahor” uchrashuvi vaqti o'zgardi

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2016, 11:11
Xabaringiz bor, yoshlar ligasi 12-tur doirasida “Qizilqum” - “Navbahor” uchrashuvi o'tkaziladi.

Ushbu o'yin 15 iyun kuni Navoiydagi “Kimyogar” stadionida bo'lib o'tadi.

Yoshlar o'rtasidagi mazkur o'yin vaqti o'zgardi. Avval xabar qilganimizdek, “Qizilqum” - “Navbahor” jamoalari yoshlari uchrashuvi soat 16.00 da emas, 17.00 da boshlanadigan bo'ldi.

Asosiy tarkiblar o'yini esa 16 iyun kuni soat 19.30 da boshlanadi. Uchrashuv Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasi yashil maydonida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, yoshlar ligasi bahsini qarshilik Firdavs Norsafarov boshqarib boradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz