So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  6 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Yoshlar ligasi: “Nasaf” – “Dinamo” 3:2 (To'liq sharh) Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Nasaf” – “Dinamo” 3:2 (To'liq sharh)

Kecha samarqandlik tengqurlariga qarshi kechgan o'yinda yosh "Nasaf"chilar irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida mehmonlarning hujumimidan keyin to'p “Nasaf” jarima maydonchasiga uzatilgach, Lazizjon Nuriddinov boshi bilan to'pni darvozaga aniq yo'lladi – 0:1. Ikkinchi bo'limda Jonibek Ko'chimov oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ammo o'yinning so'nggi o'n besh daqiqasida yosh futbolchilarimiz ajoyib o'yin namoyish etib, mag'lubiyatni g'alabaga aylantira olishdi. Dastlab 76-daqiqada mehmon himoyachilar o'z jarima maydonchalari ichida yosh hujumchi Bobir Abdiholiqovga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. 11-metrlik jarima zarbasini zaxiradan maydonga tushgan Dilshod Xushbakov golga aylantirdi. Oradan besh daqiqa o'tgach yana o'sha Xushbakov o'zini ko'rsatdi. Bu safar bo'ydor hujumchi qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga aniq yo'naltirdi-2:2. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida “Nasaf” o'rinbosarlar tarkibida jamoamizning tajribali hujumchisi Kenja To'raev maydonga tushdi. Muxlislarning xabari bor, Kenja o'tgan yilgi mavsumning ikkinchi davrasida safarda “Buxoro”ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat olib, maydonni tark etgandi. Qaryib o'n oylik tanaffusdan keyin u yana yashil maydonga qaytdi. Uchrashuvning 85-daqiqasida aynan Kenja To'raevning o'ng qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Bobir Abdiholiqov “qaychi” uslubida raqib darvozasiga joylab qo'ydi va o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi – 3:2.

 

Yoshlar ligasi, 13-tur.18.06.2015.

“Nasaf” – “Dinamo” 3:2 (0:1)

Qarshi shahri. “Mehnatchi” stadioni. 210 tomoshabin.


Hakamlar: Jasur Muxtarov (Toshkent) – 8,2, Artyom Kalinin (Qarshi)-8,3, Zufar Eliboev (Qarshi) -7,7, Zilola Rahmatov (Qarshi)-8.
 
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.

“Nasaf”: 1. Alibek Turobov, 4. Samandar Ochilov, 7. Akramjon Bahritdinov (s) (27. Kenja To'raev, 64), 10. Islom Rashidxonov (33. Jahongir Qurbonboev, 64), 14. Bobir Abdiholiqov, 22. Ilom Kenjabaev, 29. Akmaljon Olimov (23. SHahriyor Imomxo'jaev, 90), 32. Alisher Yusupov ( 42. Sardor Sadullaev, 39), 34. Abdulaziz Nishonboev, 38. Doniyor Narzullaev, 57. Azizjon G'aniev (19. Dadajon Mamatqulov, 90).

Zaxiradagilar: 12. Umidjon Ergashev, 9. Dilshod Xushbakov, 42. Sardor Sadullaev.

“Dinamo”: 1. Rustam Toshturdiev, 6. G'olibjon Saribaev (24. Oybek Turobov, 88), 10. Muhammad Rajabov (17. Islom Hamidov, 72), 15. Lazizjon Nuriddinov, 21. Jonibek Ko'chimov (18. Damirjon Tillaev, 76), 22. Jasur Qurbonov, 23. Akbar Siddiqov, 15. Saddam Boymamatov, 26. Hoshimjon Alamxonov, 70. Amirjon Safarov, 77. Alim Fayzullaev (16. Oybek Eliboev,60).

Zaxiradagilar: 32. Umidjon Nizomov, 4. Amirjon Aminjonov, 94. Said Rizo Mirsharafov.

Gollar: Dilshod Xushbakov, 76-pen, 81, Bobir Abdiholiqov, 85 - Lazizjon Nuriddinov, 43, Jonibek Ko'chimov, 58.

Ogohlantirishlar:  Akbar Siddiqov (32),  Caddam Boymamatov (62), Jasur Qurbonov, (90), Hoshimjon Alamxonov (90+2).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика