Yoshlar ligasi. "Dinamo" Andijondan ochko bilan qaytdi
11 apr 2014 19:38
Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Dinamo" Andijondan ochko bilan qaytdi
Joriy mavsumda to'liq samarqandlik yosh futbolchilar bilan Yoshlar ligasida ishtirok etayotgan Dinamo o'rinbosarlar jamoasi 5-tur o'yinlaridan o'rin olgan bahsda Andijonda maydonga tushdi.
Quvonarlisi, vodiydagi uchrashuvda ham Kamo Gazarov boshqaruvidagi yosh dinamochilar mavsumdagi mag'lubiyatsiz seriyalarini davom ettirishdi. 36-daqiqada Akmal Jo'raboev andijonliklarni hisobda oldinga chiqargach, vakillarimiz ko'p o'tmay hisobni tenglashtiriga erishishgandi, biroq bosh hakam yaqqol golni negadir inobatga olmadi.
O'yin yakunigacha hujumkorlikni to'xtatmagan samarqandlik futbolchilar nihoyat 90+5-daqiqada mag'lubiyatdan qochishga erishishdi. Xolmo'min Davronovning goli Dinamo jamoasiga safardagi bir ochkoni keltirdi.
Yoshlar Ligasi. 5-tur.
Andijon - Dinamo - 1:1
Gollar: Akmal Jo'raboev 36 - Xolmo'min Davronov 90+5.
5-turdan keyin hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jamoalar bu – Dinamo va Neftchi jamoalari bo'lib turishibdi.

Fikrlar