Yoshlar ligasi. 7ta turdan keyin to'purarlar kim?

Narzulla Saydullayev
21 apr 2018
Kecha Yoshlar ligasida 7-tur bahslari o'z yakuniga etdi.

Odatda ko'pchilik Superligaga katta e'tibor qaratadi. Yoshlar ligasiga e'tibor biroz pastroq bo'ladi. Ushbu ligada o'ynayotgan yoshlarga bu yildan boshlab ko'proq e'tibor beradigan bo'ldik.

7ta turda 2 nafar futbolchi 6tadan gol urishga erishdi. "Bunyodkor"ning 1997 yilda tug'ilgan hujumchisi Mirjahon Mirahmadov va "Lokomotiv" hujumchisi Azizbek Omonov hisobida 6tadan gol bor. 

"Buxoro" vakili Mirfayz Muhiddinov va "Bunyodkor" hujumchisi Jahongir Abdusalomov 7ta turda 5ta gol urishdi.


Yoshlar ligasi. To'purarlar ro'yxati (7-turdan keyingi holat)
6ta
Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor") - 15.07.1997
Azizbek Omonov ("Lokomotiv") - 30.10.1997

5ta
Mirfayz Muhiddinov ("Buxoro") - 15.04.1995
Jahongir Abdusalomov ("Bunyodkor") - 21.05.1999

4ta
Shahboz Umarov (AGMK) - 09.03.1999
Bilol Toshmirzaev ("Navbahor") - 08.08.1997
Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor") - 19.04.1997

3ta
Abdulboriy Olimov ("Metallurg") - 16.08.1998
Siroj Meliev ("So'g'diyona") - 28.08.1995
Sherzod Temirov ("Nasaf") - 27.10.1998
Bobur Ergashev ("Lokomotiv") - 18.01.1997



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia