So’nggi yangiliklar

09:171:6 учун реванш олинадими? Ўзбекистон терма жамоаси бугун Анголага қарши иккинчи ўртоқлик учрашувини ўтказади  0 09:00Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 08:32Кечаги Суперкубогнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  0 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги ярим финалчи аниқланади  2 02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  28 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  3 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  4 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  4 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1

Yoshlar ligasi, 7-tur. “Nasaf” – “Andijon” 2:5 Yangiliklar

Yoshlar ligasi, 7-tur. “Nasaf” – “Andijon” 2:5

Teglar :  Yoshlar ligasi
“Nasaf” yoshlari bugun o'z qarorgohlaridagi futbol maydonida yoshlar ligasining navbatdagi 7-tur uchrashuvini Andijon shahrining “Andijon” jamoasi yoshlariga qarshi o'tkazdi.

Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlandi. Uchrashuvdagi hisob 14-daqiqada ochildi. Jamoamizning tezkor uyushtirgan hujumida, Dilmurod Mahmudov to'pni maydondan tashqariga chiqarib yuboraman deb, o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi – 1:0.

Oradan 4 daqiqa o'tib, mehmonlar hisobni tenglashtirishdi, Timur Vasilev jarima maydoni ichida o'ziga oshirib berilgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga chiroyli tarzda yo'llab, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

22-daqiqada darvozabonimiz Muzaffar SHaripov “Andijon” jamoasi o'yinchisi Timur Vasilevga qo'pollik ishlatdi, uchrashuv hakami ikkilanmasdan 11 metrlik jarima nuqtasini ko'rsatdi. 11 metrlik jarimani bexato bajargan Dilmurod Maxmudov  jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2.

Yoshlarimiz hisobni tenglashtirish uchun  ketma-ket hujumlar uyushtirdi, gol urish uchun qo'lay vaziyatlar bo'lsada, ularda darvozani nishonga olishda aniqlik etishmadi. 35-daqiqaga kelib ular baribir maqsadlariga erishishdi, navbatdagi tashkil etilgan hujumni Abdulaziz Kenjaboev gol bilan yakunladi. Jarima maydoniga oshirib berilgan to'pni u boshi darvozaga aniq yo'llab, hisobni tenglashtirdi - 2:2.

Jamoalar ana shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim mehmonlarning ustunligida boshlandi. Ular 53-daqiqaga kelib, hisobda oldinga ham o'tib olishdi. Timur Vasilev o'zining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi -2:3. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Eldorbek Jonibekov esa 58-daqiqaga kelib, hisobni 2:4 ko'rinishga olib keldi, ushbu golda himoyachilarimiz qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi, o'ng tomonda jarima maydoniga kirib kelayotgan E.Jonibekovga qarshilik ko'rsatishga kech qolishdi.

Ikkinchi bo'limda mehmonlar ko'plab hujumlar tashkil etishib, yoshlarimizni himoyalanishga majbur etishdi. Yoshlarimizning ora-orada tashkil etilgan qarshi hujumlar esa samarasiz yakunlanaverdi.

Uchrashuvning 80-daqiqasidan boshlab, yoshlarimiz maydonda ustunlikka erishdi. Ular hisobni qisqartirish maqsadida oldinga tashlanishdi. Bu daqiqalarda mehmon jamoa himoyachilari va darvozaboni bexato harakat qilishdi. Uchrashuvning qo'shimcha daqiqalrida “Andijon” yoshlarining tashkil etgan qarshi hujumi gol bilan yakunlandi. 18-raqamdagi Salohiddin Salohiddinov uchrashuvdagi so'nggi golga mualliflik qildi – 2:5.

SHunday qilib, yoshlarimiz 7-turda o'z maydonlarida imkoniyatni boy berishdi.

Jamoamiz yoshlari navbatdagi 8-tur uchrashuvini ham o'z maydonlarida o'tkazishadi. Bu safar ular 7 may kuni “Qizilqum” yoshlari bilan kuch sinashadi.

Yoshlar ligasi, 7-tur. 27.04.2016 y.

“Nasaf” (Qarshi) – “Andijon” (Andijon) 2:5 (2:2)

Qarshi sh., “Mehnatchi” stadioni. 17:00da

Hakamlar: Elyor Tursunov (Buxoro vil.), Farhod Usmonov (Qarshi), Zufar Eliboev (Qarshi)

Zaxira hakami: Ravshan Abduvohidov (Qarshi).

Nazoratchi: S.Ermatov (Toshkent).

Gollar: Dilmurod Maxmudov (avtogol), 14’-1:0, Abdulaziz Kenjaboev, 35’-2:2  – Timur Vasilev, 19’-1:1, 53’-2:3, Dilmurod Maxmudov (pen.), 23’-1:2, Eldorbek Jonibekov, 58’-2:4, Salohiddin Salohiddinov, 90+3’-2:5.

“Nasaf”: 12.Muzaffar SHaripov, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 7.Akbar Murodov (16.SHerzod Nasrullaev 46), 9.Alfayzi Nematov, 19.Navro'zjon Izzatillaev, 20.Akmal Mozgovoy (15.SHoxrux Nematov 76), 28.Sardor Sadullaev, 32.Abdulaziz Nishonboev, 35.Islom Rashidxonov, 41.Najmiddin Normurodov(s), 43.Timur Fayzullaev (4.SHoxmalik Komilov 72, 3. Ahror O'ktamov 83).

Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 17.Ilhomjon Alijonov, 18.Samandar SHukrullaev, 22.Islom Kenjaboev.

“Andijon”: 12.Nodir Ashurmatov (1.Akmal Tursunboev 46), 4.Dilmurod Mahmudov (s), 7.SHohruh Ergashev,  11.Alisher Abduvohidov, 14.Abror Komilov, 17.Timur Vasilev, 18.Salohiddin Salohiddinov, 28. Farruh Mirzaev (20. Eldor Jonibekov 46), 33.Jahongir Maqsudov, 45.Artur Mamatkazin (55. Tursunboy Husanov 46), 67.SHoyadbek Mullajonov.

Zaxira:  70.Ro'zivoy Abdug'affarov.


Ogohlantirishlar: 30.Muzaffar SHaripov 22, Sirojiddin Qo'ziev 33, Navro'zjon Izatillaev 64 - Artur Mamatkazin 27, Eldorbek Jonibekov 58.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика