So’nggi yangiliklar

00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  1 00:00Миллатлар лигаси. Португалия ва Испания бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  56 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  5 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  42 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  28 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Yoshlar ligasi. 30-tur. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 4:0 yoxud "qaldirg'ochlar" chempion Yangiliklar

Yoshlar ligasi. 30-tur. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 4:0 yoxud "qaldirg'ochlar" chempion

Bugun yoshlar ligasining 30-turidan o'rin olgan bitta o'yin bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuv “Bunyodkor” o'rinbosarlari uchun katta ahamiyat kasb etardi. Mazkur o'yindagi g'alaba yosh “Qaldirg'ochlar”ni chempionga aylantirardi.  Buni his etgan maydon egalari jangovor tarkib bilan harakat qilishdi. Aniqrog'i, bir nechta asosiy tarkib futbolchilari o'yin qaydnomasiga kiritildi.

O'rinbosarlarimiz safida esa asosiy tarkib vakillaridan Suhrob Qobilov, Hasanboy Ergashev, Maruf Zokirjonov va Ruslan Matniyazovlar  18 talikka kiritildi.

O'yinning 13-daqiqasida “Qaldirg'ochlar” hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Gol muallifi Javohir Qahramonov bo'ldi. SHundan keyin har ikki jamoada hisobni o'zgartirish uchun bir qator vaziyatlar vujudga kelganiga qaramay, gol urish hech kimga nasib etmadi.

Ikkinchi taymning 60-daqiqasida maydon egalari ikkinchi marta darvozaga yo'l topishdi.

Nodir Mavlonov chamasi 28 metrlardan belgilangan jarima to'pini aniq amalga oshirib, hisobni 2:0ga etkazdi.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida mezbonlar hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'yshdi. Avvaliga 88-daqiqada Muhammadodil Qahramonov hisobni 3:0 bo'lishini taminlagan bo'lsa, 90+1 daqiqada Eldor SHomurodov to'rtinchi to'pni kiritdi.

SHunday qilib, o'rinbosarlarimizning beshta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi. “Bunyodkor” o'rinbosarlari esa ushbu g'alabadan keyin chempionlikni qo'lga kiritishdi.

YOSHLAR LIGASI. Musobaqa jadvali

"Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 4:0

Gollar: Javohir Qahramonov 13, Nodir Mavlonov 60, M.Qahramonov 88, Eldor SHomurodov 90+1.

"Bunyodkor": Akbar To'raev, Islom Qobilov, Sardor Sobirxo'jaev, Samir Bekrich, Vyacheslav Purak, SHahzod Abdurahimov, Farhod Namozov, Ergash Ismoilov, Xurshid G'iyosov, Akrom Komilov, Javohir Qahramonov.
Zaxira: Abdukarim Muhammedov, Rustam Ashurmatov, Nodir Mavlonov, Muhammadodil Qahramonov, Eldor SHomurodov, Doston Hamdamov, Bosit Rahimov.

"Qo'qon-1912": Asilbek Omonov, Oybek Rustamov, Laziz Nazirov, Abror Rahmonov, Suhrob Qobilov, Iqboljon Malikjonov, Avazxon Mamatxo'jaev, Maruf Zokirjonov, Dostonbek Meliqo'ziev, Muhammadanas Hasanov, Elyorbek Muyidinov.
Zaxira: Ruslan Matniyazov, Hasanboy Ergashev, Ibrohim Usmonov, Ibrohim Muxtorov, Muhammad Yusupov, Sardor Isoqov, Aleksandr Kritinin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика