So’nggi yangiliklar

23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  1 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  15 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  5 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  261 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  45 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  0 20:48Эронда легионерларимиз дербиси бўлади!  1 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4 19:20Клопп дўстини қўллаб-қувватлаш учун Паралимпия Ўйинларига борди  2 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  0 18:35Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси U-20 Осиё Кубоги саралаш баҳсларида қатнашиш учун Хитой Тайпейига йўл олади  0 18:06Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 17:55"Пахтакор" ва "Навбаҳор" "Жар"га етиб келди  4

Yosh iqtidorlardan iborat "banda" yana qaytmoqda! Yangiliklar

Yosh iqtidorlardan iborat "banda" yana qaytmoqda!

"Zalcburg" - juda iqtidorli va yosh o'yinchilardan tashkil topgan jamoa. Tez kunlarda top klublar ularga qiziqish bildirib, o'ziga og'dirib olishiga shubha yo'q.

"Zalcburg" – mashhur energetik ichimlik "Red Bull" ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi Ditrix Mateshic homiylik qiluvchi uch klubdan biri. Yana ikki klub ham sizga yaxshi tanish – "RB Leypcig"ni germaniyalik muxlislarning aksariyati yomon ko'radi, amerikadagi "Nyu-York Red Bulls" esa anchadan buyon Terri Anri nomi bilan yonma-yon tilga olinadi.

Jamoa ichki chempionatda munosib raqibni sezmayapti, lekin Evropadagi ishlar maqtanarli darajada emas – qatorasiga 7 yil "buqalar" CHempionlar Ligasi saralashdayoq turnirni tark etishdi hamda klublar o'rtasida Evropada ikkinchi darajali musobaqa bilan kifoyalanishlariga to'g'ri keldi. Bu safar saralash bosqichi omadli bosib o'tildi, birinchi turda ishonchli g'alaba qo'lga kiritildi. Bir necha kun avval esa "Enfild"da mo'jiza yuz berishiga sal qoldi. Endi "Zalcburg" haqida yanada ko'proq gapira boshlashdi – vaqtida Sadio Mane uchun tramplin vazifasini bajargan jamoa, yana yosh iqtidorlar "to'da"sini jam qildi. Ularga hozirdanoq Germaniya, Franciya, Angliya va Ispaniya grandlari qiziqish bildirmoqda.

Ushbu materialda biz ECHL tarixidagi birinchi amerikalik murabbiy Jessi Marsh shogirdlari haqida gaplashamiz.


Cican Stankovich

Avstriya termasi posboni 26 yoshda va deyarli barcha yoshdagi jamoalarda o'ynab ulgurgan. Ushbu mamlakat uchun odatiy holat bo'lgan sxema Cicanni ham cheklab o'tmadi. Mahalliy ligalar va undagi maosh miqdori zavodning oddiy ishchisinikidan kamroq bo'lishi ko'p uchraydigan holat. SHu sababli quyi liga vakillari futbolchilik faoliyatini boshqa bir professinal kasb bilan parallel olib ketishadi. Bosniyalik emigrantlar oilasi vakili bir necha yil hududiy ligalarda to'p tepdi va ikkinchi divizion darajasigacha ko'tarildi, u erda ham qaxramonimiz uzoq ushlanib qolmadi – 2013 yil uni Avstriya Bundesligasi vakili "Gryodig" xarid qiladi.

U "Zalcburg"da 4 yildan buyon foaliyat olib bormoqda. Stankovichning butun faoliyati sabr va qiyinchiliklarni sabot bilan engib o'tish tarixiga o'xshaydi. Yuqori darajadagi har uchala jamoada uni zaxira futbolchisi sifatida ko'rishgan, ammo har safar Cican asosiy tarkib uchun kurashda g'olib chiqqan. O'tgan mavsum #1 uchun Cican tajribali Aleksandr Valke bilan kurash olib borishiga to'g'ri keldi. SHu yilda u terma jamoa tarkibida debyut o'yinini o'tkazdi, endi esa CHempionlar Ligasida o'ynamoqda. Uncha baland bo'lmagan bo'yi unga tezroq harakat qilish va plastika yordamida qiyin zarbalarni ham qaytarishga imkon yaratmoqda. O'zining ustun tomoni deb u penaltilarni qaytarish deb biladi. Stankovich kelajagi porloq bo'lishi kutilayotgan posbonlardan biri va boshqa chempionatga ketishga shoshilmayapti. "Zalcburg"da uni hozircha barchasi qoniqtirmoqda. 


Jerom Ongyuene

"Sosho"ning bo'ydor va tezkor tarbiyalanuvchisining nemis tili bilan tanishuvi Germaniya janubidan boshlangandi. Franciya jamoasi Liga 2 ga tushib ketgach, jamoa tarbiyalanuvchilari Evropa bo'ylab tarqalib ketishdi. Yoshlar terma jamoalarining umidli vakili "SHtuttgart" etiboriga tushdi va 2 mln evro evaziga sotib yuborildi. Yangi jamoada Jeromning omadi chopmadi. "SHvab"lar himoyasi tez-tez "qovun" tushirishi bilan mashhur bo'lib ulgurgan, shu sababli 19 yoshli futbolchi bu erda ko'p ushlanib qolmadi. 

Avstriyaga "sayohat" Jerom uchun ijaradan boshlandi. Zalcburgda omadsiz o'tgan bir yildan so'ng, rahbariyat Ongyuene uchun astronomik summa berishni istamadi va uni avstriyaning boshqa bir klubi "Lifering"da sinab ko'rishga qaror qilishdi. Jamoa uchun Jerom 3 ta o'yin o'tkazdi va "Red Bull"ga as qotishini isbotlay oldi. O'tgan yili himoyachi asli vatani termasida o'ynashga qaror qildi va hattoki Kamerun tarkibida bir nechta o'yin o'tkazdi. Uning sport formasi bevosita uning o'yin amaliyotiga bog'liq – o'tgan mavsumning yarmidan ko'pini u jarohat tufayli o'tkazib yubordi. Uning ustun tomonlari qisqa pas (tahminan 87% aniqlik), havodagi ishonchli o'yin (duellarning 78% ustunlik) va zarur pallada himoyachilar liniyasidan oldinga chiqib, tayanch zonasida raqibdan to'pni olib qo'yish.


Xvan Xi CHxan

Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi 23 yoshda va qizil-ko'k libosda 30 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib ulgurgan. Bugungi kunga kelib futbolchi haqli ravishda mamlakatining eng mashhur futbolchilaridan biri hisoblanadi. Xvan oilasining muntazam ko'chib yurishlari tufayli futbolga ancha kech kirib kelgan. Birinchi bor u 8 yoshida futbol maktabiga boradi. O'smirlar va yoshlar darajasida Xvan qisqa vaqtda mashinaga aylanadi – 16 yoshgacha har bir musobaqada 20 tadan gol urardi, shu sababli oilasi takliflarsiz qolib ketmagan. Ota-onasi farzandi maktabni tugatib olishini istashgandi Vaziyat 2014 yilga kelib o'zgardi, "Red Bull" Avstriyaga nafaqat futbolchini, balki uning ota-onasini ham ko'chirib o'tkazishga rozi bo'ldi.

Evropaga ko'chib o'tganiga bir yil bo'lganda koreyalik birinchi ligada javlon urayotgandi. Debyut mavsumida 13 ta gol urdi va asosiy jamoaga o'tkazildi. 2016/17-mavsumda asosiy tarkibga yorib kirdi va "buqalar" safida Bundesliganing 26 o'yinida 12ta gol urdi, lekin oradan bir yil o'tib, omadsiz davr boshlandi. Uning o'yinini raqiblar anchayin o'rganib olishdi va uni qo'polroq kutib ola boshlashdi. Etmaganiga, muntazam jarohatlar pand berdi. 2019 yil futbolchiga "Gamburg" qiziqish bildirdi, ammo 10 millionlik transfer huquqini sotib olishni istamadi hamda ijaraga oldi. Nemislarning rejalari bo'yicha, Xvan jamoa elitaga qaytishiga yordam berishi va undan keyin klubning to'laqonli azoga aylanishi kerak edi. Biroq tahminlarning birortasi ham o'zini oqlamadi. "Gamburg" mavsum yakunini o'ta omadsiz o'tkazdi va Bundesliga yo'llanmasidan quruq qoldi, futbolchi esa bor yo'g'i ikkita gol urdi. Aytgancha, Xvanning omadli ishtirokiga jarohatlar ham qaysidir manoda halaqit qildi. Ushbu mavsumni futbolchi omadli boshladi – 4 gol va 6 golli uzatma (vaholanki, futbolchi bor yo'g'i bitta o'yinda to'liq harakat qildi).


Erling Xoland

19 yoshli futbolchi haqida ko'p va xo'p gapirildi – o'sha mashhur Alf-Inge Xolandning o'g'li. U juda erta katta futbolga kirib keldi: 15 yoshida Norvegiyaning ikkinchi ligasida debyut uchrashuvini o'tkazdi va mahalliy skautlar etiboriga tushdi. 2017 yil uni "Molde" sotib oladi. Lekin Erling bu xizmatlari bilan etiborga tushgan demagan bo'lardik. 2019 yil may oyida Yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatining bir uchrashuvida Gonduras darvozasiga 9 (!) ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qiziq jihati qolgan uchrashuvlarda hujumchi gol urmadi, lekin o'sha gollar to'purarlar poygasida etakchilikni saqlab qolish uchun etarli bo'ldi.

O'tgan yil avgust oyida "Red Bull" norvegiyalik bilan 5 yillik shartnoma imzolanganini elon qildi. Har ikki tomon ushbu kelishuvdan xursand edi: "Zalcburg" uzoq vaqt yangi murabbiy uchun markaziy hujumda bo'ydor futbolchi qidirgandi. Futbolchining o'zi esa Manchester yoki Milanda yulduzlar bilan mashg'ulot qilishni emas, o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istashini aytib o'tdi. O'yin amaliyoti borasida muammolar yo'q: 8 o'yinda futbolchi 11 ta gol urishga erishdi (har 3-zarba golga aylanmoqda). Jismonan baquvvat bo'lishiga qaramay (194 sm, 84 kg), Xoland "ikkinchi qavatda" unchalik ustunlikka erishmaydi, havodagi kurashlarning 55%da mag'lub bo'lgan. SHunday bo'lsada, bugungi kunda uning transfer narxi 12 mln evroni tashkil qilmoqda va kim biladi deysiz, qishdayoq top ligaga ko'chib o'tar.


Patson Daka

Zambiyalik forvard 2017 yilgi Afrika Kubogining eng yosh o'yinchisi bo'ldi va 20 yoshga to'lguncha, "Lifering"ga ketgunga qadar, vatanida 4 marta jamoasini almashtirishga ulgurdi. Undan qanot va hudumchilar ortidagi zonada foydalanishdi. Bir yil ichida u nafaqat samarali statistik natijani ko'rsatdi (6+7), balki bilim olish qobiliyati va Avstriya jamiyatiga qo'shilish istagi borligiga jamoa rahbariyatini ishontira oldi.

Patson "Zalcburg"ning tahminan ellikda o'yinida maydonga tushgan. Uni asosiy tarkibning to'laqonli futbolchisi deb bo'lmaydi – o'tgan mavsum u bahslarda ishtirok etishdan ko'ra ko'proq davolandi... Biroq Daka to'p uchun kechgan birga-bir kurashlarda kamdan-kam engiladi va ko'p vaziyatlarda baland bo'yi (186 sm) tufayli bosh bilan gol urishga muvaffaq bo'ladi.


Takumi Minamino

Bir necha kun oldin Takumi "Liverpul" jarima maydonida kimsan Virjil van Deykni yosh boladek aldab, gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lekin u Evropada to'rt yildan buyon to'p tepayotganini ko'pchilik bilmasa kerak. Faoliyatini Takumi ona yurtida "Sereso Osaka"da boshlagan, aynan o'sha erda Diego Forlan faoliyatining oxirgi yillarini o'tkazgandi. Urugvaylik yosh va iqtidorli Minaminoga katta yordam berdi. Mashg'ulotlarda ham doimo birga to'p tepar, maslahatlarini ayamasdi. Aynan Diego Takumi "Zalcburg"ga ketishi kerakligini uqtirgandi.

Avstriyaga hujumchi 1 mln evrodan arzonroqqa ko'chib o'tdi va tezda yangi joyga moslashib ketdi – jamoadoshlariga qulayroq bo'lishi uchun elkasidagi familiya o'rniga ismini tanladi.  Haftasiga 2 marta nemis tili kursiga qatnar va tilni tezroq va mukammal o'rganish uchun shaharda tarjimonsiz sayr qilardi. Zalcburgda yaponiyalik deyarli 200 uchrashuvda maydonga tushdi va gol-pas tizimida 100 ochkodan ko'proq natijaga erishdi. Takumi 24 yoshda, lekin u hamon Avstriyani tark etishga shoshilmayapti – bu erda u muntazam sovrin yutmoqda va Evrokuboklarda ishtirok etmoqda. SHu sababli o'rtamiyona jamoalar takliflarini ko'rib ham chiqmayapti. O'tgan yoz (birinchi marta emas) futbolchi transferiga "Olimpiakos" qiziqish bildirdi, ammo Minamino CHempionlar Ligasida o'ynashni maqul ko'rdi. Bu mavsum futbolchi chempionatda 3+3 va ECHLning ikki o'yinida 1+3 ("Liverpul" bilan o'yinda gol+pas) natijasini qayd etdi. Katta ehtimol bilan qishda yoki kelasi yil yozda futbolchi jamoani tark etadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика