Yosh futbolchilar uchun “Sergeli Arena”da ajoyib bayram
01 iyu 2014 12:14
Yangiliklar
Yosh futbolchilar uchun “Sergeli Arena”da ajoyib bayram
Kecha, 31 may kuni, poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “Sergeli Arena” majmuasida Toshkent shahar futbol federaciyasi tomonidan 1 iyun – Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bag'ishlangan blic-turnir tashkil etildi.
Musobaqa 2005-2006 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida o'tkazilib, bahslarda mezbon jamoa “Sergeli Arena” (murabbiy Ahror Rustamov) hamda “Bunyodkor” (Azam Hafizov) , “Paxtakor-1” (Ulug'bek Ro'zimov), “Paxtakor-2” (Baxtiyor Nuraliev) vakillari to'p surishdi.
Alohida takidlab o'tish joizki, turnirdagi tashkilotchilik saviyasi barcha-barchaga manzur tushdi. Yosh bolajonlar uchun barcha qulayliklar yaratib berildi. Yani bolalar bayrami munosabati bilan uyushtirilgan ushbu turnir bolalar uchun chin manoda ajoyib va bayramona tarzda o'tkazildi.
Bellashuvlar natijalari:
1-tur
Bunyodkor – Paxtakor-1 0:2
Sergeli-Arena – Paxtakor-2 0:2
2-tur
Bunyodkor – Sergeli-Arena 3:0
Paxtakor-1 – Paxtakor-2 4:0
3-tur
Sergeli-Arena – Paxtakor-1 1:4
Paxtakor-2 – Bunyodkor 0:1
Yakuniy jadval
Uchrashuvlarni boshqargan hakamlar: Sanjar SHernazov, Umid Sodiqov
Nominaciyalar g'oliblari:
Eng yaxshi darvozabon – Farruh Qurbonov (Paxtakor-1)
Eng yaxshi himoyachi – Izzatilla Yusupov (Sergeli-Arena)
Eng yaxshi yarim himoyachi – Musaxon Bahodirxonov (Bunyodkor)
Eng yaxshi hujumchi – Ayubxonxo'ja Ulxo'jaev (Paxtakor-2)
Eng yaxshi o'yinchi – Ulug'bek Kenjaev (Paxtakor-1)
Turnir yakunlangach, biz musobaqaga kelgan bazi insonlar fikrlari bilan qiziqdik.
Mamur Yusupov, Toshkent shahar futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti:
- Avvalo, shuni aytib o'tishni istardimki, “Sergeli Arena” majmuasi rahbariyati bugungi turnirni yuqori darajada o'tkazish yo'lida katta mehnat amalga oshirdi. Bu uchun men ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Mazkur musobaqa bizning ish rejamizdagi turnirlardan biri, xolos. Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bag'ishlab biz bugunning o'zida Toshkent shahrida uchta musobaqa tashkil etdik. Bunday bahslar yana davom etadi. Umuman, bolalar-o'smirlar futbolini butun mamlakatimiz bo'ylab rivojlantirishda federaciyamizning hissasi ulkan, deb hisoblayman. Birgina shahar klublararo chempionatida 28ta klub har yili 7 xil yosh toifalari bilan ishtirok etishining o'zi ish ko'lamimizning nechog'li kattaligini yaqqol ko'rsatadi. Ammo bu bilan chegaralanib qolmaslikka doimo intilib kelmoqdamiz.
Ulug'bek Ro'zimov, “Paxtakor-1” jamoasi murabbiyi, 12-Osiyo O'yinlari g'olibi:
- Turnir yaxshi o'tdi. Bizning taassurotlarimiz juda ham ijobiy. Bolalar musobaqalari aynan bugungiday saviyada tashkil etilishini xohlardim. O'ylaymanki, bugun barcha bolajonlar uylariga mazza qilib qaytishdi.
Jamoam birinchi o'rinni egalladi. Bu yosh bolalar uchun endi boshlanishi. Ularni kelajakda ko'p mashg'ulotlar, yig'inlar va turli musobaqalar kutib turibdi.
“Sergeli-Arena” o'yinchisi Lazizbek Ravshanovning onasi SHahnoza opa:
- O'g'lim “Sergeli-Arena” jamoasida shug'ullanadi. U 2007 yilda tavallud topgan. Ularning bayramiga bag'ishlab o'tkazilgan turnirdan judayam xursandman. Ayniqsa tatil kunlari bo'sh vaqtini shu tarzda mazmunli o'tkazayotgani quvonarli.
Ilhomjon Haqqulov, “Bunyodkor” o'yinchisi Asliddin Ahmadovning otasi:
- Biz aslida Jizzax viloyati Do'stlik tumanidanmiz. Xabaringiz bor, Jizzax viloyati O'zbekistonning turli terma jamoalari uchun so'ngi yillarda etarlicha futbolchilar etkazib beryapti. SHuning uchun men ham, o'g'lim ham Jasur Hasanov, Sardor Rashidov, Oybek Qilichev, Diyorjon Turopov kabi etakchi o'yinchilarga havas qilamiz. Bir kun kelib, Asliddin ham ular kabi katta futbolchi bo'lishini orzu qilaman. Bu borada unga futbolning ilk sirlarini o'rgatayotgan murabbiyi Azam Hafizovga minnatdorchilik bildiraman.
Fursatdan foydalanib, barcha bolalarni bayram bilan tabriklayman. Ular hamisha sog' va omon yurishsin! Biz ota-onalarga ularning salomatchiligidan boshqa hech narsa kerak emas.
Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov

# |
Jamoa |
O' |
YU |
D |
M |
T-N |
O |
1 |
Paxtakor-1 |
3 |
3 |
0 |
0 |
10-1 |
9 |
2 |
Bunyodkor |
3 |
2 |
0 |
1 |
4-2 |
6 |
3 |
Paxtakor-2 |
3 |
1 |
0 |
2 |
2-5 |
3 |
4 |
Sergeli-Arena |
3 |
0 |
0 |
3 |
1-9 |

Fikrlar