So’nggi yangiliklar

12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  1 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  3 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  6 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  9 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  4 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  6 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  1 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  23 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  5

Yosh "ajdarlar" qaerda o'ynaydi? Yangiliklar

Yosh "ajdarlar" qaerda o'ynaydi?

Birinchi liga jamoalarining uy stadionlarini tanishtirishda davom etamiz. Bugun musobaqaning doimiy ishtirokchilaridan biriga aylanib borayotgan “Nasaf-2” jamoasining “uyi” bilan qisqacha tanishtiramiz, albatta suratlar bilan.

Birinchi liga jamoalarining uy stadionlarini tanishtirishda davom etamiz. Bugun musobaqaning doimiy ishtirokchilaridan biriga aylanib borayotgan “Nasaf-2” jamoasining “uyi” bilan qisqacha tanishtiramiz, albatta suratlar bilan.

Nurali Sultonov boshchiligidagi jamoa raqiblarini shahardagi “Markaziy” stadionning biqinida joylashgan “Nasaf” futbol maktabining suniy qoplamali maydonida qabul qiladi. Malum bo'lishicha, jamoa o'rinbosarlari ham uy uchrashuvlarini shu stadionda o'tkazar ekan. Maydonning holati ko'ngildagidek deyish mumkin. O'lchami ham joyida, bu borada hech qanday etiroz yo'q. Maydonning bir tomonida muxlislar uchun tribuna bor. Ajoyib tribuna. Ajoyibligi shundaki, ikki qator plastik stullar joylashtirib chiqilgan tribunaning ust va orqa tarafi yopilgan. Ishqibozlar yomg'ir vaqtida ham bemalol uchrashuvni xotirjam tomosha qilishlari mumkin. Biz Qarshida mehmon bo'lgan kunimiz ham shunday holatga duch keldik. Yani, shu kuni o'yin vaqtida yomg'ir yog'ib, engil shabada esib turdi. 200-300 nafar muxlisni o'z bag'riga sig'diradigan tribunada o'tirgan 100ga yaqin ishqiboz hech qanday tashvishlarsiz bellashuvni tomosha qilishdi. Ayrim o'yingohlarning tribunasida bo'lgani singari yomg'ir ham, shabada ham ularni qo'rqitgani yo'q. Yana bir gap: tribuna bilan maydon orasida to'siq bor. Muxlislar o'yinga va futbolchilarga umuman halaqit berishmaydi.

Umuman maydonning atrofi setka to'siqlar bilan o'rab chiqilgan. O'sha setka to'siqlarning bir tarafida futbol maktabi oshxonasi, yana bir tarafida tabiiy maydon, uchinchi tomonda mahalliy aholining xonadonlari joylashgan.

Ikki jamoaga ajratilgan zaxira o'rindig'ining holati ham ko'ngildagidek. Kerak bo'lsa, zaxira hakami uchun ajratilgan maxsus joy ham maqtagulik. Xuddi tribunada bo'lgani kabi, to'rtinchi hakamning joyi ham usti va orqa tarafi yopilgan. SHu kuni uchrashuv vaqtida biz aynan zaxira hakami bilan birga o'tirdik. O'yin vaqtida yog'ib turgan yomg'ir na fotoapparatimizni va na netbukimiz qo'rqita olgani yo'q. Boisi, ushbu maxsus zaxira o'rindig'i bizni bunday noqulayliklardan himoya qilib turdi.

Tribunaning markazida ikki qavatli maxsus joy bor. U erda uchrashuv va jamoalarning rasmiylari o'tirishlari mumkin. To'g'ri, o'rindiqlar soni kam, ammo bor. Mazkur maxsus joy ham barcha noqulayliklardan himoyalangan. Ularning oldida ikki jamoaning video tasvirchilari uchun maxsus joy ajratilgan.

Tribunaning markaziy qismini qarama-qarshi tomonida qo'l bola tablo ishlab turibdi. Uchrashuv vaqtida bu tabloni bir bolakay ishlatib turganiga guvoh bo'ldik. “Obod” stadionining tablosi haqida malumot berganimizda, mazkur tablo birinchi liga jamoalar orasidagi eng yaxshi tablo ekanligini aytib o'tgandik. “Nasaf” futbol maktabi stadionidagi tablo biz ko'rgan oddiy qo'l bola tablolar orasida eng ko'rkami bo'lsa kerak? Boisi, tabloda hisobdan tortib, jamoalarning nomigacha aniq va katta harflarda yozilgan. Qarama-qarshi tomonda o'tirgan ishqibozlar bemalol buni o'qishlari mumkin. Hisoblar esa, yanada kattaroq o'lchamda o'rnatilgan.

Jamoalar futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga ajratilgan echinish xonalaridan foydalanishadi. Maydon bilan echinish xonasining oralig'i biroz uzoq, lekin tanaffus vaqtida borib kelsa, vaqt yo'qotilmasa kerak. Echinish xonasining holati yomon emas. Biz stadionga tashrif buyurganimizda issiq suv borasida muammo borligiga guvoh bo'ldik, lekin bilishimizcha bu ham vaqtinchalik. Xullas, “Nasaf” futbol maktabi stadionidan shunday taassurotlar bilan qaytdik.

Furqatbek NISHONOV







Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика