So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  3 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  3 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  1 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  4 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  73 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  37 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1

Yorqin Nazarov: "Transfer oynasi vaqtida 10 nafar yangi futbolchi olmoqchimiz" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Transfer oynasi vaqtida 10 nafar yangi futbolchi olmoqchimiz"

Coca-Cola Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Tajriba baribir o'z so'zini aytadi. Biz bir bo'lim davomida bir kishi ko'p xolda harakatlandik. Ikkinchi gol biz uchun ortiqcha bo'ldi, shundan so'ng vaziyatlarimiz kamayib ketdi.

"Nasaf"da bir necha yillardan buyon bir murabbiy ishlamoqda, yaxshi jamoa shakllangan. Bir-birini yaxshi tushunadigan jamoa shakllangan. Mezbonlar safida bejizga terma jamoada futbolchilar bor emas.

Jamoamiz yigitlari qo'ldan kelganicha borlarini berib harakat qilishdi. Balki chetlatishdan ko'ra o'sha vaziyat gol bilan yakunlanganida boshqacha o'yin bo'lishi ham mumkin edi.

- Legioner futbolchi nega almashtirildi?


- Legioner futbolchimizga raqib himoyachilari yaqin o'ynashayotgandi. U yopilib qolayotganligi tufayli yosh futbolchimiz Izzatni o'yinga tashladik. Unda tezkorlik va yaxshi uzatmalar bera oladigan qobiliyat bor edi. Yosh futbolchini maydonga tashlashda shunday maqsadni ko'zlagandik.

- Jasur Jaloliddinov jamoada o'z o'rniga egami?


- Ha, Jasur bizni turli taktik uslublarimizga birdek mos kelmoqda. Undan biz ko'p narsani kutayapmiz. Uni zaxiraga olinishining sababi mashg'ulotlarda jarohat orttirib olgandi. SHu sabab bugungi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida edi. Uni almashtirganimiz jarohat bilan bog'liq.

- Yaqinda transferlar oynasi ochiladi. Jamoani kuchaytirish rejasi qanday?


- Transferlar oynasi ochilgan vaqtda jamoani kuchaytirmasak bo'lmaydi. Hozir bizda birlamchi vazifa - Superligada qolish. Bizda hozir legioner limiti ham mavjud. Superligada yaxshi o'ynayotgan futbolchini jamoasi qo'yib yubormasligi aniq. SHundan kelib chiqib balki Pro-ligadan futbolchilar olarmiz.

- "Andijon" nega Superligada o'z o'rnini topolmayapti?

- SHaxsiy fikrim, jamoada o'zgarishlar ko'p bo'lgan. Misol uchun o'tgan yilgi tarkibdan hozir faqat Usmonali Ismonalievni ko'rsatishim mumkin. Nasib bo'lsa "Andijon" hali Superligada o'z so'zini aytadi. Jamoa rahbariyati to'g'ri yo'lda.

- Ikkinchi davra oldidan qaysi chiziqlarni kuchaytirishni maqsad qilgansiz?


- Barcha chiziqlarda raqobatni shakllantirmasak bo'lmaydi. Kamida 10 futbolchini tarkibga jalb etamiz. Bizda Superliga darajasida bo'lmagan futbolchilar ham bor. Ularning o'rnini to'ldirib raqobatni shakllantirsak, jamoada o'sish bo'ladi.

- Bugun "Andijon" himoya chizig'ida kamchiliklar bordek tuyuldi. Bunga qanday izox berasiz?


- Bugun Plamen Dimov o'ynamagani sezilib qoldi. Biz boshqa chiziqda tushirishni maqsad qilgan futbolchini himoyaga tushirishga majbur bo'ldik. Baribir ikkinchi gol biz uchun ortiqchalik qildi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика