Yorqin Nazarov: "Qishki yig'inlar tez o'tib ketdi hamda chempionat boshlanib qoldi"
10 mar 2023 18:20
Yangiliklar


Yorqin Nazarov: "Qishki yig'inlar tez o'tib ketdi hamda chempionat boshlanib qoldi"
O'yin haqida
"Olimpik"ka qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin negadir yana omadimiz kelmadi. Endilikda himoya va hujumdagi xatolarimiz ustida ishlashimiz lozim.
- Bobur Yo'ldoshev o'tgan o'yinda qanotda harakat qilgandi. Bugun esa uni markaziy zonaga qo'ydingiz. Bu "Olimpik"ka qarshi alohida tanlangan uslub mahsulimi?
- Yo'q. Iskandar SHaykulov kechagi mashg'ulotlarda jarohat oldi. SHu bois, Yo'ldoshevni markazga joylashtirdik. Yani, taktik o'zgarishni amalga oshirdik.
- Kelgusi bahsda "Neftchi"ga qarshi bellashasizlar. Farg'onaliklar shakllangan jamoa ekanligini ko'ryapmiz. Ushbu o'yinga qanday maqsad qo'ygansizlar?
- Maqsadimiz — g'alaba qozonish. Qishki yig'inlar tez o'tib ketdi hamda chempionat boshlanib qoldi. "Neftchi"ga qarshi ham faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar