So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  73 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Yorqin Nazarov: "Jasur Jaloliddinovga "Andijon"da jarima ham soldik. Uning bor etibori futbolda bo'lishi kerak" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Jasur Jaloliddinovga "Andijon"da jarima ham soldik. Uning bor etibori futbolda bo'lishi kerak"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa texnik direktori Yorqin Nazarov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Lokomotiv" bugun bizdan mahorat bobida ustun keldi. Ularni g'alaba bilan tabriklaymiz. Ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsakda, jamoamiz ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadi. Vaziyatlar ham yuzaga keldi. Aytganimdek mahorat o'z so'zini aytdi",- deydi Yorqin Nazarov. 

- "Lokomotiv"ning "Turon"ga qarshi o'yinini ko'rgan bo'lsangiz, ikki tomon ham hujum qilib o'ynadi. "Surxon" yopiq futbol taklif qilgani uchun maydon egalarining ko'p kombinaciyalari o'tmay qoldi. Jamoaning o'yini himoyadan qurilganmi yoki bugungi uchrashuvga shunday taktika tanladimi?

- Bugun qarshi himoyada tartibli harakat qilib qarshi hujumda o'ynashni maqsad qilgandik. Darvozamizdan gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Ko'proq hujumga chiqdik.  

- Zamonaviy futbolda qanot himoyachilarining hujumga qo'shilishini ko'p kuzatamiz. "Lokomotiv" bilan o'yinda mana shu jihat etishmagandek ko'rindi...

- Yarim himoyachilarning o'tmagani sababi, raqib hujumga shu darajada yaxshi etibor qaratdiki, qanot himoyachilarimiz faqat himoyalanishga kuchini ketkazishdi. Ko'rsatma berilganda ular hujumga o'tishi kerak edi. Kuchi etmadi. Behruz SHaydulovni tushirganimizdan so'ng vaziyatlar ham ko'paydi. 

- Balki ruhiy tomondan muammo bordir...

- Ruhiy jihatdan yigitlarni yaxshi tayyorlagandik. G'alaba uchun kelgandik. Bundan buyon bizga ochko kerak. 

- Birinchi davrada "Andijon"da ishladingiz. "Andijon"dagi Jasur Jaloliddinov bilan "Lokomotiv"dagi Jasur Jaloliddinovni farqini ayta olasizmi?

- "Andijon"da xalq orasidan ham, o'zimda ham shunday fikr paydo bo'lgandi, boshida kelganida yaxshi sport formasida emasdi. Toshkent bemalol. "Andijon"da ishlaganimda bazada turar edik. To'g'risi biz unga tayinlagandik. Jarimaga ham soldik. O'ziga keltirdik. Ko'rgan bo'lsangiz so'nggi 3-4ta turda boshqa Jasur Jaloliddinovga aylandi. Toshkent klubida o'ynash bu bola uchun minus. "Andijon" yoki boshqa viloyat klubida o'ynaganida bor etibori futbolda bo'lardi. 18 yosh futbolchi, berkitmayman sharoitlari yaxshi. "Andijon"ni "Lokomotiv"ga o'zgartirgani uchun formadan chiqib qolganga o'xshaydi. Lekin iqtidorli futbolchi. Qo'limda o'ynagan. Istasa bir o'zi natija keltirib bera oladi. O'yinni hal qilib keta oladi. Faqat ishlashi kerak. 

- "Andijon"da tarixiy natija qayd etdingiz. Safarda sizning qo'l ostingizda "Navbahor"ni yutdi. Namanganda o'ynash qiyin. SHunga qaramay o'riningizga Kumikovni olib kelishdi. Mazkur holatga munosabat bildirsangiz? 

- Menimcha, klub rahbarlarida Rossiyadan murabbiy olib kelinsa Superliga olib qoladi, degan tushuncha bo'lgan. Rahbarlar qattiq ishonishdi. Meni "Andijon"dan hech kim ketkazgani yo'q. Birga ishlashni aytishdi. Men ko'radigan futbol boshqa. SHu bois o'zim ketdim. Jamoa yaxshi o'ynashni boshlagandi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика