Yorqin Nazarov: "Qizilqum"ni 5-o'rin bilan tabriklayman"
12 noy 2022 20:29
Yangiliklar


Yorqin Nazarov: "Qizilqum"ni 5-o'rin bilan tabriklayman"
Coca-Cola Superligasining 26-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "So'g'diyona" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Avvalombor mavsum yakuni bilan barchani tabriklayman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, mavsumning oxiri, barcha jamoalar charchagandi. Bugun 5-o'rin uchun kurash o'yini edi. Maydon egalarini durang ham qoniqtirardi. Biz o'yinni nazorat qilayotgandik. Ikkita standart bizning mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. "Qizilqum" jamoasini 5-o'rin bilan tabriklayman.
- "So'g'diyona" bu yil 3 ta frontda kurash olib bordi. Jamoa qanchalik muvaffaqiyatga erishdi deb hisoblaysiz?
- Jamoamiz 3 ta frontda kurash olib bordi. Etibor bergan bo'lsangiz, bitta tarkib o'ynagandi. Biz shundan kelib chiqib yigitlarni o'yinga tayyorladik. Bugun jamoamiz azolari maydonda yaxshi harakat qilishdi, oxirigacha kurash olib bordik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar