So’nggi yangiliklar

14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  0 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  1 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  82 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  1 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  3

Yorqin Nazarov: "Ayrim futbolchilarimiz Superligada o'ynashga tayyor emas" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Ayrim futbolchilarimiz Superligada o'ynashga tayyor emas"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Andijon" (4:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o'z fikrlarini bildirdi.



 

 O'yin haqida

- Avvalombor, "So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqidaga aytadigan bo'lsam, raqib chindan yutdi, bu borada gap-so'zga o'rin yo'q. Aytish mumkin, tarkibimizdagi yosh yigitlarning ko'pchiligi Superligada o'ynashga tayyor emas. Ularga tushuntirayapmiz, mashg'ulotlarda aytayapmiz, lekin aksariyat yosh futbolchilarga Superligada o'ynashga hali erta ekanligi ko'rinib qolayapti. Kelajakda balki o'ynab ketishar, lekin hozircha ular tayyor emas. Tarkib yig'ganimizda bizda darvozabonlarni ham yoshlardan taklif etganimiz bizni xato bo'lgan. Darvozabon baribir tajribali bo'lishi kerak. Bizda ikkita yosh darvozabon bor.

Bugun "So'g'diyona" yaxshi o'ynab yutib ketdi. Lekin ko'rgan bo'lsangizlar, 4 ta zarba va 4 ta gol. Bunda darvozabonni aybdor qilmayapman, shunchaki etibor qaratsangiz bugun shunaqa holat bo'ldi. Yosh futbolchilarni tarkibga jalb etish yaxshi, kelajakda ularni Superliga o'yinlariga tayyorlab boramiz. Lekin darvoza chizig'ida tajribali futbolchi harakat qilishi shart. O'z ustimizda ishlashda davom etamiz.

- O'yin Jasur Jaloliddinov atrofida tashkil etalayapti. Uning tajribasi yuqori emasligi pand berib qo'ymasmikan? O'tgan o'yinda u penaltini ham golga aylantira olmagandi...


- Bu xolat "Andijon" jamoasi o'yinlariga tasir qilayotgan bo'lsa ham, bizda bu chiziqda boshqa tajribali futbolchi yo'q. Uning poziciyasida Komron Saydaliev bor, lekin u ham yosh futbolchi. Bir muxlis aytgandi, Jasur o'zi endigina 18 yoshga to'lgan bo'lsa, biz undan liderlikni talab qilishimiz to'g'rimikan deb. Jasur o'yinni o'ziga olishga urinmoqda, lekin baribir u hali yosh. Qo'lidan kelganicha harakat qilayapti.

- Klubdagi moliyaviy xolat maydonda o'zining natijasini ko'rsatmayaptimikan?


- Yo'q, unday deb o'ylamayman. Jizzaxga kelgunimizga qadar va bu erda yashagan mehmonxonamiz, umuman sharoitlar barchasi alo darajada bo'ldi. Endi moliyaviy xolat haqida aytadigan bo'lsak, ozgina kamchiliklar bor. Lekin jamoamiz futbolchilari buni yaxshi tushunib turishibdi, hammasi oylik maoshlarini olishadi. Bizda tarkibimiz aksariyat yosh futbolchilardan iborat ekanligi natijaga tasir ko'rsatayapti. Urilgan va o'tkazib yuborilgan gollarda ham bu narsa ko'zga tashlanayapti. Futbolchilarning familiya ismlarini oshkor qilmayman, lekin ayrimlari Superligada o'ynashlariga erta.

- Jamoa tarkibini ikkinchi davrada tajribali futbolchilar bilan to'ldirish rejasi bormi?


- Hali bu borada klub rahbariyati bilan gaplashmadik. Lekin tarkibga o'zgartirish kiritmasak bo'lmaydi. Tajribali futbolchilar olamizmi yoki yosh futbolchilarga ishonishda davom etamizmi, vaqt ko'rsatadi. Superligada o'ynay oladigan yosh futbolchilar ham bor. Lekin takror aytaman, bizni jamoada ayrim futbolchilar Superligada o'ynashga tayyor emas.

- Tezkor gol "Andijon"ning o'yiniga qanday tasir qildi?


- To'g'ri, tezkor gol rejalarimizni o'zgartirish kiritib bordi. O'tgan o'yinda ham ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynagandik. Yigitlar birinchi bo'limda hayajonlanib qolishdi, balki Jasur Hasanovni maydonda ko'rib shunday xolatga tushishgandir. Jamoamiz aksariyat o'yinlarning ikkinchi bo'limini yaxshi o'tkazmoqda.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика