Yorn Andersen: "Katanecga Hindiston va Erondagi stadionlarni ko'zdan kechirish kerakligini aytib qo'ying"
21 mar 21:54
Yangiliklar
Yorn Andersen: "Katanecga Hindiston va Erondagi stadionlarni ko'zdan kechirish kerakligini aytib qo'ying"
Gonkong terma jamoasi bosh murabbiyi Yorn Andersen JCH-2026 saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"SHogirdlarim astoydil harakat qilishdi, muxlislar ham qo'llab-quvvatlab turishdi, biroq bu ham etarli bo'lmadi. Ikkala golni ham osonlikcha o'tkazib yubordik. Raqibga to'p kiritish uchun yo'l berdik. Vaziyatlar tashkil etish va gol urishda muammolarimiz etarlicha. Bazi yigitlar jarohat bilan o'ynashdi. O'zbekistonga bir qancha yo'qotishlar bilan tashrif buyurishimiz mumkin.
Katanecning stadionimizdan norozi bo'lgani haqida eshitdim. Unga Hindiston yoki Eronga borib, o'lkadagi stadionlarni ko'zdan kechirishi kerakligini ayting (kuladi). "Mong Kok" stadionidan abgorroq maydonlar ko'p", — dedi norvegiyalik mutaxassis.
Fikrlar