So’nggi yangiliklar

00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  1 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  6 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  4 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0

Yorn Andersen: "Bugungi natija biz uchun yomon emas. Bir kun kelib, O'zbekiston darajasiga chiqamiz" Yangiliklar

Yorn Andersen: "Bugungi natija biz uchun yomon emas. Bir kun kelib, O'zbekiston darajasiga chiqamiz"

JCH-2026 saralashi 2-bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Gonkong uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorn Andersen matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Jamoamiz bugun qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Ikki bo'limda ham stabil o'yin namoyish etishga harakat qildik, biroq ikkinchi bo'limning dastlabki besh daqiqasidan so'ng o'yin tizginini qo'ldan chiqardik va O'zbekiston juda ko'p imkoniyatga ega bo'la boshladi. Biz yuqori pressing qilishimiz kerak edi, ammo raqib bu rejani buza oldi. O'zbekistonning kuchli o'yinchilaridagi mahorat uchrashuvda katta rol o'ynadi. Bugungi natija biz uchun yomonmas, deb o'ylayman. Biz harakat qildik. Raqibni juda kuchli deb etirof etish joiz. 

- Gonkongga bosh murabbiy etib tayinlanganingizdan so'ng jamoaning natijalari yaxshilana boshladi. Hatto daraja jihatdan Xitoyga yaqinlashib qoldi. Bu Gonkongning progressiyasimi yoki Xitoyning degrataciyasimi?

- Qiyin savol. Men kelgach, jamoa kuchayishga erishdi, deb o'ylayman. Xitoy haqida hech qanday fikr bildira olmayman. 

- Oxirgi ikki o'yin natijasiga ko'ra hafsalangiz pir bo'ldimi? Mazkur bahslarda jamoa qanday muammoga duch keldi?

- Jamoamiz o'yinidan judayam hafsalam pir bo'ldi. Ikki o'yinda ikki jamoaning darajasini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Osiyo kubogida jamoani shakllantirishga harakat qildik va buni uddasidan chiqdik. Ammo oradagi vaqt darajamizni yo'qotishimizga sabab bo'ldi. Yana bir jihat, biz barcha o'yinchilarni bu erga olib kela olmadik. Bu ham natijaga tasir o'tkazdi. Gonkong kabi kichik futbol davlati barcha legioner o'yinchilari bilan O'zbekistonga kelganida, balki boshqacha natija bo'lardi. Biz ko'pgina braziliyalik o'yinchilarni olib kela olmadik. Bugun barcha shogirdimdan qoniqish hosil qildim. Natija adolatli bo'ldi, deb o'ylayman. 

- Gonkong jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan mosuvo bo'ldi. Qaysi jihatlarni rivojlantirish kerak?

- Biz o'yindan-o'yinga kuchayib boryapmiz. Himoyamiz mustahkamlanib bormoqda, biroq bizni qiynayotgan jihat hujum tashkil etish bo'lib qolmoqda. Bugun O'zbekiston old poziciyalarda erkin o'yin namoyish etdi. O'ylaymanki, bir kun kelib biz ham shunday darajaga chiqa olamiz. Oldimizdagi vazifa — Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rish. 

- O'zbekistonga tashrif buyurgan gonkonglik muxlislar haqida fikr bildirsangiz...

- Gonkonglik muxlislarni bunday katta stadionlarda ko'rish yoqimli. Ularga nafaqat O'zbekiston, balki Eron, Butan va Qatar maydonlarida ham jamoani qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

- Gonkong joriy yilda xalqaro o'yinlarda ishtirok etish imkoniyatini boy berdi. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- Biz ushbu davrda ham o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga harakat qilamiz. Biz o'zimiz tengi jamoalarga qarshi o'ynasak, kuchaya olamiz. O'zimizdan kuchli jamoalarga qarshi bahslarda rivojlanish kam bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика