So’nggi yangiliklar

17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  0 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  6 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  5 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  6 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  1 16:05Роналду "Ал-Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   11 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  10 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  19 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  10 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  1 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  13

Yoqub Saud Al Sabahi: “O'rtoqlik o'yinlarida natija muhim emas” Yangiliklar

Yoqub Saud Al Sabahi: “O'rtoqlik o'yinlarida natija muhim emas”

Kuni kecha Ummon o'smirlar terma jamoasi “JAR” stadionida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Dastlabki bahsda vakillarimiz yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsa, javob uchrashuvida darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi. Ushbu o'yinlardan so'ng Ummon o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-   O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan bo'lsak dastlabkisida yirik hisobda mag'lubiyatga uchradik. Ikkinchisida esa nursiz durang qayd etdik. Bu futbol, unda qanday natija qayd etilishini hech kim bilmaydi.  Bu o'rtoqlik uchrashuvi unda natija muhim emas, eng muhimi futbolchilarimizni Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorlash.

Hozir barcha chiziqlarimizda muammolar bor. Musobaqa boshlangunga qadar ushbu muammolarni bartaraf etishga harakat qilamiz. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi juda ham kuchli. Ayniqsa ettinchi va o'ninchi raqamli futbolchilar yaqqol ajralib turishdi. Men yurtingizga to'r marotaba tashrif buyurganman. U – 16 terma jamoasi bilan bundan 4, 5 yil oldin yordamchi murabbiy sifatida O'zbekistonga tashrif buyurganman. Biz bundan tashqari yana bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz O'shanda ham terma jamoangiz bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonda kuch sinashgandik”, - deydi Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi Yoqub Saud Al Sabahi.

Jahongir Sotvoldiev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика