So’nggi yangiliklar

10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  0 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9

Yoqub Ahmedov: “Odil Ahmedov haqida hujjatli film suratga olamiz” Yangiliklar

Yoqub Ahmedov: “Odil Ahmedov haqida hujjatli film suratga olamiz”

Saytimiz orqali Odil Ahmedovning xonadoniga borib, dadasi Olimjon aka Ahmedov bilan uyushtirilgan suhbatni etiboringizga havol etgandik.

O'shanda Olimjon akaning to'ng'ich o'g'li – aktyor Yoqub Ahmedovni uchratib qoldik va buni kutmagandik. Vaziyatdan foydalangan holda uni suhbatlashishga taklif qildik va u rozi bo'ldi.  

“Futbolchi bo'lmaganimdan afsuslanmayman”
- Ukalaringiz – Odil va Azim Ahmedov futbolchi bo'lib etishishdi. Ammo siz sanat sohasini tanlagansiz. Nima uchun?
- Bizning oilamiz sportga juda qiziqadi. Futbolga mehr qo'yishimizga esa asosan dadam sababchi bo'lgan. Bilasizmi, futbolga dastlab o'zim qadam qo'yganman. Keyin ortimdan ukalarim ham menga ergashishgan va birgalashib futbol maktablariga qatnaganmiz. Lekin yoshligimdan sanatga bo'lgan muhabbat menda kuchli edi. Vaqt o'tgan sari futbol bilan shug'ullanib yurgan kezlarimda esa sanat men uchun ushalmas orzu bo'lib qoldi deb o'ylardim. Lekin kun kelib albatta aktyor sifatida qandaydir rol ijro etishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ygandim. Bir kuni ijtimoiy tarmoq saytlaridan birida bir rejissyor bilan kutilmaganda tanishib qoldim va u bilan asosan kino va sanat haqida suhbatlashardik. Uning ismi Akbar Bekturdiev. Unga o'z xohish va istaklarimni, sanatga bo'lgan qiziqishim qanchalik kuchli ekanligini aytdim va menga ham o'z filmidan rol berishini iltimos qildim. SHunday qilib, menga epizodda suratga tushishimga ruxsat berdi. Keyin esa “menga rostini ayting, oldin ham kinolarda rol ijro etganmisiz” dedi. CHunki u mendan dastlabki urinishdayoq bunday qobilyatni kutmaganligini aytdi. SHunday qilib, birinchi marta kichkina epizodda filmda suratga tushgan bo'lsam, ikkinchisida birdaniga bosh rolni menga topshirdi. Yani, “Sensiz” deb nomlangan filmda asosiy qahramon rolini ijro etdim. 


- Birinchi filmingiz qaysi edi?
- “Salom sevgi, xayr sevgi” deb nomlangan kinokartinada Adiz Rajabov, Zarina Nizomiddinova kabi aktyorlar bilan suratga tushgandim.

- Baribir sizda ham futbolga bo'lgan qiziqish katta. Bu narsa filmlaringiz orqali ham bilinib turadi. SHunday ekan, futbolchi bo'la olmaganingizdan afsuslanmaysizmi?
- Yo'q, afsuslanmayman. CHunki Xudo mening taqdirimga sanatkor bo'lishni yozib qo'ygan ekan. Har bir inson o'z kasbini sevishi kerak. Men esa sanat sohasini rostdan ham sevardim. Tan olaman, futbolga bu darajada ishqim yo'q edi. Ammo 1993 yildan to shu kungacha maydonga chiqib to'p tepaman. 1996 yili Namangan futbol licey-internatiga o'qishga kirib 2001 yili bitirganman. Qolaversa, “Navbahor” jamoasida ham to'p surganman. U erda o'ynaganimdan keyin o'sha 2001 yili Qozog'istonning “Yassi Sayram” klubiga qabul qilindim. U paytda bu jamoa Qozog'iston birinchi ligasida qatnashardi. U erda bir yil o'ynab kelganimdan keyin ayrim sabablarga ko'ra futbolni tugatishga majbur bo'lganman.  

- Demak, faoliyatingizni professional tarzda olib borgan ekansiz-da! Qiziq, “Yassi Sayram”ga qanday borib qolgansiz?
- To'g'risini aytsam, Qozog'istonning biror-bir yaxshiroq klubida o'ynashni ko'zlab yurgandim. Bir odamning tavsiyasiga binoan jamoaga ko'rikdan o'tish uchun borganman va yakunda klubga rasman qabul qilinganman.

- Ochig'i, bu gapingiz men uchun yangilik bo'ldi, kutmagandim...
- Ha, buni ko'pchilik bilmaydi. Qozog'istondan qaytib kelganimdan keyin jarohatlar meni qiynab qo'ydi. Buning ustiga oldingi futbol ham boshqacharoq edi va raqobat ham u qadar emasdi. Ayniqsa, jarohatlar meni bezovta qildi va futbolni tugatishga qaror qildim. SHundan keyin 2003 yili uylandim. Katta o'g'il edim va opamni turmushga uzatganimizdan keyin onam ham qiynalib qolayotgandi. Keyin esa hali aytganimdek, internet orqali rejissyor bilan tanishib, kino sohasiga kirib ketdim. 


“80 foiz rejissyorlar Odil Ahmedov haqida kino olishni so'rab murojaat qilishgan”
- Nima deb o'ylaysiz, ijtimoiy tarmoq sayti orqali kinoga kirib ketishingiz taqdirmi yoki tasodifmi?
- Buni tasodif desa ham, taqdir desa ham bo'ladi. Aniq esimda, o'shanda saytda Akbar Bekturdievni kamera ko'tarib tushgan rasmini ko'rib qoldim va qiziqib boshqa rasmlarini ham ko'rdim. Qarasam, ko'plab sanatkorlar bilan syomka jarayonlaridagi suratlarini joylagan ekan. Bu esa men uchun juda qiziq tuyuldi. SHunday qilib u bilan tanishdim va keyinchalik o'sha rejissyorni Namanganga taklif qildim. Rejissyorga ichimdagi hamma gaplarni aytganimdan so'ng meni qanchalik sanatga qiziqishimni tushundi. Natijada meni Toshkentga olib ketdi. Men pul uchun bu yo'lni tanlamaganman. Faqat o'zbek sanatiga ozgina bo'lsa-da, o'z hissamni qo'shishni maqsad qilganman. Yoshligimda futbol licey-internatida o'qib yurgan kezlarimizda kechki mashg'ulotlardan keyin ovqatlanardik va shundan keyin madaniy hordiq chiqarish maqsadida kino qo'yib berishardi. Bir kuni “Titanik” filmini tomosha qildik. O'shanda bosh rolni ijro etgan aktyorning o'rniga o'zimni qo'yib ko'rdim va men ham uning rolini bajara olmaman-ku, menga nima etishmayapti deya o'zimga-o'zim savol bergandim. Agar menga ham “Titanik”dagi bosh rolni berishsa ishonch bilan bajara olishimga ishonchim komil edi. Vaholanki, o'sha paytda mening maqsadim futbolchi bo'lish edi. Lekin bir tomondan sanatga bo'lgan qiziqishim lovullab turardi. Men doim o'z rollarimni tabiiy holatda bajarishga odatlanganman. Kinodan oldin rejissyor menga scenariyni beradi va uni yaxshilab o'qib, tushunib o'sha bilan yashashni boshlayman. SHunda ham o'sha obrazni yaratib bera olishimga aqlim etsagina, keyin rozilik beraman.  

- Sanatkor bo'lsangiz-da, baribir futbolga hali ham qiziqishingiz bor. O'zbek kinosida futbolga bag'ishlangan filmlar juda oz va bu ham etmaganidek, ular juda sayoz ishlangan. Sizda ham futbol haqida kinoda rol ijro etish rejangiz bormi?
- Albatta, rejalarimz bor. Odil Ahmedov haqida hujjatli film yaratmoqchimiz. Buni yoz fasliga kelib amalga oshirishni mo'ljallab turibmiz. Aslida bunday reja bizda oldindan mavjud edi. Lekin syomkalar va boshqa ishlar tufayli unga qo'l tegmayotgandi. Bir ishga kirishsak, uni oxirigacha etkazishimiz kerak. SHuning uchun ukam haqidagi hujjatli film ustida endi astoydil ishlaymiz. Ochig'i, bu juda nozik mavzu. SHu sababli uni yaratishda boshqa barcha ishlarni yig'ishtirib, butun etiborimizni shunga qaratamiz.

- Ushbu hujjatli filmni o'zingiz sahnalashtirasizmi yoki boshqa rejissyorni yollaysizmi?
- Hali rejissyorlik borasida professional darajada emasman. Ochig'i, juda ko'pchilik Odil haqida kino olish niyati borligini aytishgan. O'zbek kinosida ishlayotgan rejissyorlarning 80 foiz menga shu taklif bilan chiqishgan. Lekin hech biriga dadil rozilik berganimiz yo'q. CHunki film ukam haqida bo'ladi va bu juda jiddiy masaladir. Hujjatli filmni ham tajribaliroq rejissyor va operatorni tanlab, ular bilan har tomonlama maslahatlashgandan keyin bu ishga qo'l urmoqchimiz.  


“Odilning akasiligimni ko'p joyda yashiraman”
- Sanat sohasida Yoqub Ahmedov sifatida o'z muxlislaringiz bor. Odil Ahmedov esa futbol sohasida ana shunday auditoriyaga ega. Nima deb o'ylaysiz, qaysi nom muxlislar orasida ko'proq muhokama qilinadi? Siz ham bu haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
- Ha, o'ylab ko'rganman. Futbolni butun dunyo sevadi. SHunga yarasha uning shinavandalari jahonning istalgan joyida topiladi. Lekin bizda ham sanat rivojlanib boryapti. Mana, yaqinda rejissiyor Rustam Sadievning “Baron” filmining debyutini ko'rdik. Ochig'i, juda yaxshi ishlangan. Futbol o'z darajasiga chiqib bo'lgan, sanat sohasida esa bizda ham yo'llar ochilib boryapti va rostdan ham rivojlanish bor. Qaerda o'tirsak ham albatta futbol haqida gaplashamiz. SHunday ekan, tabiiyki, bu mavzuda Odil yaqqol etakchi (kuladi). Men har kuni internet orqali ukam bilan gaplashib turaman. Uning o'yinlarini oldindan bilaman va uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish jarayoniga o'zimni ozgina bo'lsa ham hissamni qo'shib turaman.

- Ha, Odil Ahmedov taniqli futbolchi bo'lgani uchun mashhurroq. Qolaversa, uni nafaqat O'zbekiston yoki Osiyo, balki boshqa qitalarda ham tanib borishyapti. Demoqchimanki, qachondir ukangizning nomidan foydalanib o'z ishingizni bitirganmisiz?
- To'g'risi, Odil Ahmedovning akasiligimni ko'p joylarda yashiraman. CHunki fikrlash qobiliyati past, saviyasiz insonlarimiz ham bor, yo'q emas. Hech qachon Odilning nomidan foydalanmaganman. Balki mening nomimdan u foydalanishi mumkin (kuladi). Albatta, Odil bilan faxrlanaman. Biroq uning nomidan foydalanishni o'zimga ep ko'rmayman. To'g'ri, tashqi tomondan qaraganda, o'zim xohlamagan holatda ukamning nomi anchagina yordam berishi mumkin. Lekin men Odil Ahmedovning akasiman deb hech qaerga kirmaganman. CHunki nimaga erishmoqchi bo'lsam, nimani uddalamoqchi bo'lsam o'z kuchim bilan bajarishni istayman. SHunday muxlislar borki, ular internet saytlarida o'z fikrlarini yozib qoldirishadi va bir bola rasmimga shunday izoh qoldiribdi: “Yoqub Ahmedov Odil Ahmedovning akasida, uning orqasidan sanatkor bo'lgan. Agar mening ham ukam Odil Ahmedov bo'lganida nafaqat men, balki dadam ham sanatkor bo'lardi” debdi. Uning fikrlashi noto'g'ri. Siz kamera qarshisida turganingizda hech qanday pul ahamiyatga ega bo'lmaydi. Bunday paytda faqat o'zingizga bo'lgan ishonch va talant bo'lishi kerak. Pul, tanish-bilishchilik, shaxsiy manfaat kamer bilan yuzma-yuz turganingizda sizni esankiratib qo'yadi. Ertaga o'sha filmni butun xalq ko'radi. Siz rejissiyor istagan rolni ijro etib berishingiz kerak va shunga yarasha muxlislar baho berishadi. Agar pulingiz bo'lsa-yu, ammo rolni ko'ngildagidek o'ynay olmasangiz, buning nima keragi bor? SHu bois unda albatta iqtidor bo'lishi shart. Xullas, o'sha insoning yozgan fikrlarini ko'chirib olib Odilga yubordim. Ukam esa “bunday gaplarga etibor bermang, men futbolchi bo'la turib, men haqimda ham yozishadi. Agar ularni gapiga jiddiy qarasangiz, unda “sinib” qolasiz, yaxshisi o'qimang” degandi.

- Demak, ijtimoiy tarmoqlarda ham faolsiz. Umuman, futbol sohasidagi gazeta va saytlarni ham kuzatib turasizmi?
- Ha. “Krasnodar” saytiga azo bo'lganman. Unda qanday yangilik, roliklar bo'lsa, albatta ko'raman. Oldin “Navbahor” saytini kuzatib borardim. CHunki ukam – Azimjon shu jamoada o'ynardi. Endi esa “Paxtakor”ning saytini ko'ryapman. CHunki yaqinlarim qaysi jamoada bo'lishsa, o'shalarning saytini kuzataman-da!   

- Futbol bu biznesga aylanib ulgurdi. Sanatda ham katta mablag' “aylanadi”. Sizningcha, bu borada qay biri qimmatliroq?!
- Albatta, futbol! Balki bu borada aniq fikr ayta olmasdirman. Nazarimda, futbol kuchliroq. 


“Barsa” va Messining ishqiboziman”
- Keyingi reja va maqsadlaringiz qanday?
- Tarixiy filmni o'zim prodyusser sifatida suratga olishni rejalashtirganmiz. Bizni xursand qilayotgani, yurtimizda sanatga bo'lgan etibor rostdan ham oshib boryapti. Ayniqsa, avvalgi yillarga solishtirganda katta farqi bor.

- Futbolga qiziqishingizni hisobga olganda, qaysi jamoa yoki futbolchining muxlisisiz?
- “Barselona”ning ishqiboziman. Odil ham “Barsa”ni yaxshi ko'radi. Ammo yana bir ukam – Azimjon esa negadir “Real”ga qiziqadi (kuladi).

- “Barselona” yoqtirgan jamoangiz bo'lsa, tabiiyki, Messi yaxshi ko'rgan o'yinchingiz ekan-da?
- Ha, to'g'ri. Men murabbiylarga unchalik qiziqmayman. Men uchun sevimli jamoam – “Barsa” va sevimli futbolchim - Messi.

- O'zingiz rol ijro etgan filmlardan ko'proq qaysilarini ko'ngildagidek chiqqan deb ayta olasiz?
- Ayub SHahobiddinov rejissiyorligi ostidagi “Turist” nomli kino olingan. O'sha filmni o'zim ham yaxshi ko'raman va ko'p tomosha qilaman. Keyin yana o'sha rejissiyorning “Sensiz” hamda Rustam Sadievning “O'gay ona” nomli kinolarida ijro etgan rollarimni ham alohida aytgan bo'lardim. Aynan “O'gay ona” filmida men karate ustasi sifatida gavdalanganman. O'zim esa bu sport turiga qiziqaman va undan oz-moz xabarim borligi uchun o'sha scenariyni o'qib ko'rganimda mening rolim ekan deb aytgandim.  


FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика