Qaysi jamoalar uchun yoqimli anana tugaydi? (prevyu)
16 apr 2019 17:43
Yangiliklar


Qaysi jamoalar uchun yoqimli anana tugaydi? (prevyu)
Kataloniyada "Manchester Yunayted" "Barselona" mehmoniga aylansa, "Ayaks" Turinda "Yuventus"ga qarshi javob bellashuvini o'tkazadi.
Manchesterdagi o'yinda Lyuk SHouning avtogoli "Barselona"ga minimal ustunlikni taqdim etgandi. Amsterdamdagi bahsda g'olib nomi aniqlanmagandi.
Manchester United |
Champions League Final Stage . 1/4-tur 11/04/2019, 01:00 1
:
0
Tugadi
|
Barcelona Luke Shaw - 12' |
Stadion: Old Trafford, 74093 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Rocchi
Ajax David Neres - 46' |
Champions League Final Stage . 1/4-tur 11/04/2019, 01:00 1
:
1
Tugadi
|
Juventus Cristiano Ronaldo - 45' |
Stadion: Johan Cruijff Arena, 50390 tomoshabin
Bosh hakam: Carlos del Cerro
Bugun Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari "Kamp Nou"da vaziyatni o'nglashga harakat qilishsa, Ten Xag boshchiligidagi "Ayaks" "Yuventus" uyida yarim final chiptasi uchun kurashadi.
Qayd etish kerakki, bugungi to'rttala jamoalar nimchorak final doirasidagi dastlabki o'yinda g'alaba qozona olmagan, ammo javob bellashuvida tarozi pallasini o'z tomoniga og'dirishni uddalagandi. Yani, mazkur jamoalarning barchasida xarakter va yuksak iroda mavjud. Bu esa bugungi javob o'yinlaridan oldin ortiqcha taxminlarni ham istalgan paytda yo'qqa chiqarilishi mumkinligidan dalolat.
Ayniqsa "Yuventus" Madriddagi ikkita farqni Turinda yo'qqa chiqargan, "Ayaks" esa javob o'yinini aynan safarda o'tkazib, g'alabaga erishgandi. "Manchester Yunayted" ham dastlabki o'yindagi mag'lubiyatni javob bahsida g'alabaga aylantirgan. "Barselona" ham aynan Franciyadagi nursiz durangdan so'ng "Lion" ustidan aynan Kataloniyada g'alaba qozongandi. Demak barcha to'rttala jamoalar o'tgan bosqichda chorak final masalasini aynan javob uchrashuvlarida hal etishgandi. Bu safar jamoalarning mazkur ananalari kim uchun davom etadi yoki yo'q, buni bugun tunda bilamiz.
"Ayaks" Amsterdamda "Yuventus" himoya chizig'ini ancha terlatib, dadil futbl namoyish etgandi. Bu esa Turinda ham "Yuventus"ga oson bo'lmasligini anglatib turibdi. Ayniqsa jamoa o'tgan bosqichda Madridda "Real"ni qanday tor-mor etgani "Yuventus"ni ancha xushyor tortishi uchun etarli asos sanaladi. Tajovuzkor "Ayaks" Turindagi bahsda ham o'z uslubidan voz kechmasligi aniq. CHunki jamoani minimum golli durang qoniqtiradi. "Yuventus" ham o'z muxlislari qarshisida kamida o'tgan o'yindan ko'ra kuchliroq futbol namoyish etishi talab etiladi. Aks holda "Real" tushgan kuyga "Yuventus" ham tushib qolish ehtimoli oshadi. Ammo "Yuventus"ning "Atletiko" bilan bo'lgan qarama-qarshilikdagi reakciyasini inobatga olsak, bugun ham Allegri jamoasi birinchi o'yindan tegishli xulosalar qilishlari tayin. Bu esa o'z-o'zidan muxlislar uchun ajoyib sovg'aga aylanadi. Turinda bizni tajovuzkor va chiroyli futbol oqshomi kutmoqda.
Kataloniyada "Barselona" o'z ustunligini saqlagan muxlislari qarshisida g'alabani mustahkamlashga urinsa, "Manchester Yunayted" yana bir bor o'z irodasini sinab ko'rishga intiladi. O'yin hamda futbolchilarning mahorati borasidagi tafovutda "Barselona" yaqqol ustun. "Manchester Yunayted"ga Parijdagi omaddan tashqari kuchli ishtiyoq va xohish ko'maklashishi mumkin. Bu qarama-qarshilikda favorit aniq, ammo birgina gol evaziga "Manchester Yunayted" o'z sharoitini butkul o'z tomoniga og'dirib olish imkoniyatiga ega. Bu imkoniyatdan jamoa qay darajada foydalanish esa ikkinchi masala.
Faktlar:
- "Ayaks" "Yuventus" bilan jami 13 marotaba evrokuboklarda to'qnashgan va shulardan ikkitasida g'alaba qozongan.
- "Yuventus" esa Gollandiya jamoalariga ketma-ket 10 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lmayapti.
- "Ayaks" ikki o'yinlik to'qnashuvlarning barchasida "Yuventus"ga yutqazgan.
- "Yuventus" "Ayaks"ga qarshi uy o'ynlarida umuman yutqazmagan.
- "Ayaks" ECHLga saralash bosqichidan yo'l olgan yagona jamoa bo'lib turibdi. CHorak finaldagi qolgan barcha jamoalar musobaqani to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan boshlashgan.
- "Barselona" "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazilgan oxirgi uchta o'yinni g'alaba bilan tugatgan.
- "Barselona" - "Manchester Yunayted" jami 12 uchrashuv o'tkazgan. "Barsa" 5 o'yinda, "Manchester Yunayted" esa 3 bahsda g'alaba qozongan. Qolgan 4 bellashuvda durang qayd etilgan.
- "Barselona" "Kamp Nou"da "Manchester Yunayted"ga hech qachon yutqazmagan.
- "Manchester Yunayted" ECHLda o'zining eng yirik mag'lubiyatini "Barselona"dan qabul qilgan - 0:4.
Juventus Cristiano Ronaldo - 28' |
Champions League Final Stage . 1/4-tur 17/04/2019, 01:00 2
:
1
Tugadi
|
Ajax Donny van de Beek - 34', Matthijs de Ligt - 67' |
Stadion: Allianz Stadium, 41445 tomoshabin
Bosh hakam: Clement Turpin
"Yuventus" (taxminiy tarkib): SHHensni; Kanselu, Bonuchchi, Rugani, Aleks Sandro; Djan, Pyanich, Matyuydi; Bernardeski; Ken, Ronaldu
O'ynamaydi: Mandjukich (jarohat), Kellini (jarohat), Kaseres (jarohat), Perin (jarohat)
Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Bernardeski, Matyuydi
"Ayaks" (taxminiy tarkib): Onana; Veltman, de Lixt, Blind, Mazraui; SHene, van de Beek, de Yong; Ziesh, Tadich, Neres
O'ynamaydi: Bande (jarohat), Talyafiko (diskvalifikaciya)
So'roq ostida: de Yong (jarohat)
Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Blind, de Yong, de Lixt, SHene, van de Beek, Ziesh
Massimiliano Allegri ("Yuventus" bosh murabbiyi): "Birinchi uchrashuvdagi natija hech nimani anglatmaydi. Muhim va hal etuvchi bahs endi bo'ladi. Agarda biz "Atletiko" bilan o'yindagi kabi o'ynasak, unda imkoniyatlarimiz ko'payadi. "Ayaks" jamoasining hujumlaridan ehtiyot bo'lgan holda jamoani hurmat qilish lozim. O'zimiz esa o'yinda aniqlik bilan o'ynashimiz talab etiladi".
Erik ten Xaag ("Ayaks" bosh murabbiyi): "Yuventus" favorit. Ayniqsa birinchi o'yindan keyingi natija ularga ustunlik taqdim etadi. Lekin biz o'z o'yinimizni namoyish etsak, unda istalgan to'siqdan o'tishga qodirmiz. O'yinga bo'layotgan tayyorgarlik va ko'rsatayotgan o'yinlarimiz menga yuqori ishonch bag'ishlamoqda".
Barcelona Lionel Messi - 16', Lionel Messi - 20', Philippe Coutinho - 61' |
Champions League Final Stage . 1/4-tur 17/04/2019, 01:00 0
:
3
Tugadi
|
Manchester United |
Stadion: Camp Nou, 96708 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Brych
"Barselona" (taxminiy tarkib): ter Stegen; Semedu, Pike, Langle, Alba; Rakitich, Buskets, Artur; Messi, Suares, Dembele
O'ynamaydi: Rafinya (jarohat)
So'roq ostida: Vermalen (zadnyaya myshca bedra)
Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Buskets, Semedu
"Manchester "Yunayted" (taxminiy tarkib): de Xea; Dalot, Lindelef, Smolling, Yang; Maktominey, Fred, Pogba; Reshford, Lukaku, Marsyal
O'ynamaydi: Beyi (jarohat), Errera (jarohat), SHou (diskvalifikaciya), Valensiya (jarohat)
Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Errera, Matich, Valensiya, Yang
Ernesto Valverde ("Barselona" bosh murabbiyi): "Raqibda qanday reja borligini bilmayman. Ammo fakt shuni ko'rsatmoqdaki, "Manchester Yunayted" safardagi o'yinlarida g'alaba qozonmoqda. Mankunianlar "Yuventus" va PSJga qarshi safardagi bahslarning oxirgi daqiqalarida g'alaba to'pini kiritishgan. Biz esa ko'proq o'z o'yinimiz va bahsda ustunlikni taqdim etishi mumkin bo'lgan jihatlarimiz haqida bosh qotirishimiz kerak. To'g'ri, biz safarda gol urdik. Lekin bu hech nimani kafolatlamaydi".
Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted"): "Kamp Nou"da men bir marotaba o'ynaganman va u ham bo'lsa o'sha mashhur finalda. SHu bois bu taraflama juda yoqimli va fantastik xotiralar qolgan. Hozircha dastlabki o'yinni yutqazganmiz. Tanaffus. Qiziq, biz ushbu jamoaga qarshi ulardan yaxshiroq o'ynay olamizmi? Agarda ko'p gollar kiritishni uddalasak, tabiiyki imkoniyatlarimiz oshib boraveradi. Gol o'tkazib yubormagunimizcha to'qnashuvdagi intriga qizg'in davom etadi. Standart vaziyatlari bizga qo'l kelishi mumkinligini yaxshi bilamiz. CHunki raqibga nisbatan bizd ikkinchi qavatda ustunlik mavjud. Agarda qo'shimcha daqiqalarda gol urishni uddalasak bunga qarshilik qilmayman. Aksincha, quvonaman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar