So’nggi yangiliklar

08:30Испания терма жамоаси собиқ мураббийи Қатарни бошқариши мумкин  0 08:04Флик кечаги дуранг ҳақида фикр билдирди  4 07:42КОНКАКАФ чемпионлар лигаси. Месси ва «Интер Майами» юришини ярим финалда тўхтади  11 07:00"Барселона" ва "Интер" ўртасидаги "оловли" ўйинда "Интер"ни дарвоза тўсини қутқарди, Мхитаряннинг голи эса ҳисобга олинмади  10 02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  322 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  3 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  4 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  2 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  3 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  10 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  98 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  9 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4

Yo'ldoshev - RPLda o'z poziciyasining eng yaxshilaridan biri. Kuchliroq klubga o'tish vaqti kelmadimikan? Yangiliklar

Yo'ldoshev - RPLda o'z poziciyasining eng yaxshilaridan biri. Kuchliroq klubga o'tish vaqti kelmadimikan?

Yaqinda saytimizda "Spartak" Ibrohimhalil Yo'ldoshevga qiziqish bildirayotgani haqida xabar chop etilgandi.

O'zbekistonlik himoyachiga jiddiy qiziqish borligini tushungan "Nijniy Novgorod" darhol futbolchisi bilan bitim muddatini uzaytirdi. Ibrohimhalilning yangi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Biroq Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod" darajasidan ancha o'sdi va o'zini kuchliroq jamoada sinab ko'rishi mumkin edi.

Rossiyalik jurnalist Nikolay Egorichev "shampionat.asia" uchun maxsus Ibrohimhalil Yo'ldoshevning o'yinini o'rganib, o'zbek futbolchisining istiqboliga baho berdi.


Kuchli tomonlari: tezlik, hujumga qo'shilish, dribling, to'p uchun kurash

Yo'ldoshev — "zamonaviy" chap qanot himoyachisi. "Zamonaviy" so'zi ostida malum sifatlarni tushunish zarur. Yaqin yillarda ham bunday sifatlar Yo'ldoshev poziciyasi vakili uchun odatiy emasdi. Ibrohimhalil o'zining butun professional faoliyati davomida chap qanot himoyasida harakatlandi. SHu bilan birga, u raqib darvozasi yaqinida yaxshiroq o'ynashini takidlash lozim. Keling, Rosssiya chempionatining boshqa chap qanot himoyachilari bilan uning statistik ko'rsatkichlarini solishtirib ko'ramiz.


O'yinchi
Uzatmalar soni
Muhim uzatmalar
Havodan berilgan paslar  
Zarbalar
Yakkakurash (muvaffaqiyatli)
To'pni olib qo'yish/ilib ketish
Aldab o'tishlar
Ibrohimhalil Yo'ldoshev
32
0,44
1,78
0,3
15 (48%)
3,8/3,7
4,7
Ayrton ("Spartak")
48
0,47
2,7
0,83
16 (56%)
4,3/4
4,9
Krugovoy ("Zenit")
37
1,16
2,6
0,5
7 (64%)
1,53/2
2,5
Skopincev ("Dinamo")
34
0,19
1,7
0,89
11 (49%)
2,5/3,6
4,2
Samoshnikov ("Rubin")  
44
0,4
1,48
0,92
17 (62%)
7/6
3,7
Tiknizyan ("Lokomotiv")
34
0,3
1,45
0,15
10 (59%)
2,1/4
2,5
Oblyakov (CSKA)
58
1,15
1,96
0,85
13 (56%)
3,8/4,9
2,2

* InStat malumotlaridan foydalanildi, ko'rsatkichlar — har o'yin uchun o'rtacha


Jadvalda ko'rib turganimizdek, RPLning etakchi klublarida to'p tepadigan o'yinchilardan Yo'ldoshevning hech qanday kam joyi yo'q. Hattoki, bazi ko'rsatkichlarga ko'ra, u yaxshiroq ham.

Ibrohimhalil har o'yinda uzatmalarining o'rtacha soni (32) ko'zga ko'rinadi. Bu yuqoridagi futbolchilarnikidan kam, albatta. Ammo bu Yo'ldoshevning aybi emas, axir "Nijniy Novgorod" asosan himoyada o'ynaydi-ku! Jamoa har o'yinda o'rtacha 354ta pas bergan — bu borada Rossiyada faqatgina "Ufa"da yomonroq natija (348ta).

Ibrohimhalilning keskinlashtiruvchi (sherigiga zarba berish) va havodan beradigan uzatmalari ko'rstatkichi o'rtacha. SHunga qaramay, Yo'ldoshev yakka kurash, aldab o'tish, to'pni olib qo'yish va ilib ketish bo'yicha RPLda o'z poziciyasida eng yaxshilardan biri hisoblanadi.

O'zbekistonlik himoyachining yana bir kuchli jihati — tezlik. Umuman, Ibrohimhalilning jismoniy holati yaxshiligidan to'p uchun kurash va havodagi kurashda o'zini qulay his qiladi. Bo'yi pastroq bo'lishiga qaramay (171 sm), Yo'ldoshev ikkinchi qavatdagi kurashlarning 1/3 qismida ustun kelmoqda.


Kuchsiz tomonlari: himoyaviy o'yin, zarbalar, o'ng oyoq bilan harakatlanish

Yo'ldoshevning zaif jihatlaridan himoyadagi harakatlarini aytish mumkin. Ha, uning har o'yindagi kurash va to'pni olib qo'yish bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlari yaxshi, lekin bazida u o'z darvozasi yonida xatolarga yo'l qo'yadi. InStat tahliliy sayti malumotiga ko'ra, joriy mavsum Yo'ldoshevning 3ta xatosidan keyin jamoasi gol qo'yib yuborgan.

Bundan tashqari, Ibrohimhalil maydonning o'z jamoasi tarafida to'pni ko'p oldirib qo'yadi (1,74). Bu natija jadvalda keltirilgan o'yinchilarnikidan ko'proq.

SHuningdek, Yo'ldoshevning yana bir sust tomoni o'ng oyoq bilan o'ynash va raqib darvozasiga zarba berish. Ibrohimhalil — haqiqiy chapaqay o'yinchi. SHuning uchun, kamdan-kam hollarda o'ng oyoqda harakatlanadi va qanotidan markazga deyarli o'tmaydi. Yo'ldoshevning zarbalariga aniqlik etishmaydi. Ibrohimhalil "Nijniy Novgorod" safida atigi 1ta gol urgan va u ham bo'lsa "Spartak" darvozasiga — bosh bilan zarbadan keyin.


Xulosa

Yo'ldoshev — o'z poziciyasida RPLning eng yaxshi himoyachilaridan biri. U haqiqatdan ham "Nijniy Novgorod" darajasidan ancha o'sdi. O'zini boshqa klubda sinab ko'rishi mumkin. Biroq uning o'yin uslubi hamma jamoaga ham to'g'ri kelavermaydi. O'zbekistonlik futbolchi raqib darvozasi yonida yaxshiroq o'ynaydi va 3ta markaziy himoyachi sxemasida o'zini qulayroq his qiladi. SHunda u ortida o'zini qo'llaydigan, zonani kerak bo'lsa yopadigan futbolchi borligini bilib, hujumga bemalol qo'shila oladi.

Yo'ldoshev faoliyatini qaerda davom ettirmasin, o'z ustida tinimsiz mehnat qilishi zarur. SHu yo'l bilan professional jihatdan o'sishi va yanada rivojlanishi mumkin. Kim biladi deysiz, ehtimol u ham SHomurodovga o'xshab Evropa top-chempionatiga yo'l olar?!


Nikolay Egorichev "shampionat.asia" uchun maxsus

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика